DIQQAT TANLOV!

Termiz Davlat Universiteti talabalar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Kitobxonlik oyligi” doirasida tanlov e’lon qiladi.

Tanlov quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi: 
–“Badiiy asar bilimdoni”. Ushbu tanlovda ishtirokchi ishchi guruh tomonidan tavsiya etilgan o‘zbek adabiyotiga mansub asarlardan parchani bilet tortish orqali tanlaydi, ushbu parcha qaysi asardan olinganligini aytishi so‘raladi. 
Ishtirokchilar tayyorgarlik ko‘rishi uchun 1 daqiqa, javob berishi uchun 3 daqiqa vaqt belgilanadi. Ushbu tanlov 15 aprel kuni soat 9-30 da O’zbek filologiyasi fakulteti 401 –xonasida o’tkaziladi.

– “O‘zbek va jahon adabiyoti bilimdoni”. Ushbu tanlovda ijodkorlar hayoti va ijodi, ishchi guruh tomonidan tavsiya etilgan o‘zbek va jahon adabiyotiga oid asarlarning mazmun-mohiyati ishtirokchilar tomonidan sharhlab berilishi so‘raladi. Sharhlash jarayonida ishtirokchi bilimini tekshirish maqsadida Hakamlar hay’ati tomonidan qo‘shimcha savollar berilishi mumkin.
Ushbu shartda o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalaridan (Yulduzli tunlar- P.Qodirov, Yulduzlar mangu yonadi- Tog’ay Murod,- Dunyoning ishlari-O’ Hoshimov, “Yolg‘izlikning yuz yili” - Gabriel Garsia Markes). Ushbu tanlov 22 aprel kuni soat 9-30 da O’zbek filologiyasi fakulteti 401 –xonasida o’tkaziladi.

“Men sevgan asar” mavzisida insholar tanlovi. Ushbu tanlovda ishtirokchilar ishchi guruh tomonidan tanlangan o’zbek va jahon adabiyoti durdonalaridan insho yozadi. Ishtirokchilar belgilangan vaqtda ishchi guruh tomonidan tasdiqlangan daftarga mustaqil reja tuzib insho yozadi. Insholar baholash mezoni asosida ishchi guruh tomonidan baholanadi. Ushbu tanlov 29 aprel kuni soat 9-30 da O’zbek filologiyasi fakulteti 401 –xonasida o’tkaziladi.

Ko‘rik-tanlovning har bir yo‘nalishi bo‘yicha 3 ta o‘rin belgilanadi va 3 ta yo‘nalishning har bir g‘oliblari quyidagi ko‘rinishda moddiy rag’batlantiriladi: 

1-o‘rin uchun 500.000 so‘m; 
2-o‘rin uchun 350.000 so‘m;  
3-o‘rin uchun 250.000 so‘m.

Gʼoliblar 2021 yil 30 aprelda eʼlon qilinadi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Talabalar ovozi – rivojlanishning eng muhim mezoni

  • 2026-06-24
  • 20

Termiz davlat universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ishchi guruhi vakillari ishtirokida talaba-yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot tashkil etildi.

Batafsil

Termiz davlat universitetida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi davom etmoqda!

  • 2026-06-24
  • 24

Termiz davlat universitetining Kimyo fakulteti bitiruvchilari uchun “Karyera kuni” bo‘lib o‘tdi. Unda universitetning asosiy buyurtmachi tashkilotlari hamda 10 dan ortiq boshqa korxona va tashkilotlar oʻzlarining o'nlab boʻsh ish oʻrinlari va

Batafsil

Termiz davlat universiteti dunyoning eng yaxshi 500 ta universiteti safidan joy oldi

  • 2026-06-24
  • 44

Termiz davlat universiteti xalqaro maydondagi nufuzini yana bir bor mustahkamlab, nufuzli Times Higher Education (THE) Sustainability Impact Rankings 2026 reytingida yuqori natijaga erishdi.

Batafsil