Psixologiya kafedrasi

110

KAFEDRA MUDIRI :

Sharafutdinova Xadichaxon Gulyamutdinovna

Qabul vaqti: Haftaning barcha ish kunlari 9 00 – 12 00
Telefon: +99890 747 70-10
Telegram: +99890 747 70-10

Psixologiya kafedrasi 2018 yil tashkil topgan. Kafedra shu davrda 11 nafar professor-o‘qituvchi bilan ish boshlagan bo‘lib, ulardan 2 nafar fan nomzodi edi. Kafedrani psixologiya fanlari nomzodi, dotsent X.Sharafutdinova boshqarib kelmoqda. Qisqa muddatda kafedra malakali kadrlar bilan ta’minlanib, professor-o‘qituvchilarning soni va sifati oshirilgan.

Hozirda kafedrada 2 nafar fan doktori, 4 nafar dotsent, 1 nafar psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) darajasiga ega, 18 nafar katta o‘qituvchi va o‘qituvchi– jami 25 nafar professor-o‘qituvchi asosiy shtatda faoliyat ko‘rsatib, tashqi o`rindoshlik asosida ishlovchi 2 nafar professor-o‘qituvchilarlar ta’lim-tarbiya ishlariga jalb qilingan.

Kafedrada o‘qitiladigan yo‘nalishlar:

Bakalavriat:

Psixologiya (amaliy psixologiya)

Psixologiya (amaliy psixologiya -sirtqi)

Psixologiya (kunduzgi)

Psixologiya (kechki)

Psixologiya (sirtqi)

Psixologiya (masofaviy)

Magistratura

70310301- Psixologiya

70310301- Psixologiya (Masofaviy ta'lim)

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:

Bakalavriat:

Umumiy psixologiya

Umumiy psixodiagnostika

Eksperimental psixologiya

Sotsial psixologiya

Diferensial psixologiya

Rivojlanish psixologiyasi va differentsial psixologiya

Psixologik trening asoslari

Pedagogik psixologiya va psixologiya fanlarini o‘qitish metodikasi

Psixologik tadqiqot ma’lumotlarni qayta ishlash metodlari va texnologiyalari

Oila psixologiyasi

Maxsus psixologiya

Kasbiy psixologiya

Magistratura

Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi

Boshqaruv sotsial psixologiyasi

Oila psixologiyasi

Tatbiqiy yuridik psixologiya

Zamonaviy psixologiyada miqdor va sifat tahlil metodlari

Testologiya

Salomatlik ijtimoiy psixologiyasi

Psixologik konsultatsiyaning zamonaviy yo’nalishlari

Klinik psixologiya

Kognitiv psixologiya

Psixologik xizmat

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar

Psixologiya kafedrasi qoshida 60310900–Psixologiya (amaliy psixologiya), 60310300-Psixologiya bakalavriat hamda 70310301- Psixologiya mutaxassisligi bo‘yicha magistratura mavjud.

Shuningdek, kafedra qoshida “Intellekt” ilmiy to‘garagi, “Psixologiya” fan to‘garagi, “Yosh psixoanalitiklar” ilmiy to‘garaklari faoliyat ko‘rsatadi.

Kafedrada 1 nafar: Choriyeva Sarvinoz Abdurashidovna doktoranturada tahsil olishmoqda.

Sharafutdinova Xadichaxon Gulyamitdinovna 2024-yil 22-oktabr kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi ilmiy kengashda psixologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyani muvaffaqqiyatli himoya qildi.

Djurayev Tashpulat Saxiyevich 2005-yil 15-may kuni Mirzo Ulig‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi ilmiy kengashda psixologiya fanlari nomzodi (P.f.n) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyani muvaffaqqiyatli himoya qildi.

Qodirova Aziza Bekmurod qizi 2025-yil 26-mart kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi ilmiy kengashda psixologiya fanlari yo‘nalishida psixologiya fanlari doktori (Dsc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyani muvaffaqqiyatli himoya qildi.

Sattorova Mahliyo Dilmurot qizi 2023-yil 6-mart kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi ilmiy kengashda psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyani muvaffaqqiyatli himoya qildi.

Karayeva Yulduz Xushbakovna 2023-yil 24-mart kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi ilmiy kengashda psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyani muvaffaqqiyatli himoya qildi.

Almardanova Salomat Bobonazarovna 2023-yil 22-avgust kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi ilmiy kengashda psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyani muvaffaqqiyatli himoya qildi.

Mamaradjabova Bog‘zoda Abdulhakimovna 2026-yil 16-yanvar kuni Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi ilmiy kengashda psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyani muvaffaqqiyatli himoya qildi.

Barcha o‘qituvchilarning ilmiy ishlar bilan shug‘ullanishlari uchun sharoitlar yaratilgan. Ular ilmiy safarlarga yuborilmoqda.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar darslik va o‘quv qo‘llanmalar

Hisobot yilida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 2025 yilda xalqaro ilmiy jurnallarida 50 ta, Respublika miqyosida ilmiy jurnallarida 70 ta maqola, xalqaro ilmiy –amaliy anjumanlarida 66 ta, Respublika ilmiy-nazariy anjumanda 60 ta tezislar chop etildi.

Ilmiy maqolalar

Kafedrada asosan sof ilmiy-nazariy yo‘nalishda hamda amaliy yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. X.Sharafutdinova, T.Djo‘rayev, A.Qodirova, Yu.Karayeva, O‘.Jo‘rayev, S.Almardanovalarning ilmiy maqolalari xorijda e’tirof etilgan nufuzli jurnallarda chop etilmoqda.

Kafedra professor-o‘qituvchilarining olgan ilmiy natijalari o‘zimizni Respublikada hamda Respublikadan tashqari ta’lim muassasalarida ularning ilmiy tadqiqot ishlarida foydalanilib kelmoqda.

Kafedradagi barcha fanlar bo‘yicha har o‘quv yilida ma’ruza matnlari, O‘UM yangilanib boriladi. Professor-o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan fanlar bo‘yicha ma’ruza matnlari kafedra yig‘ilishida muhokama qilinib, taqrizchilar belgilanadi, tasdiqlanadi va foydalanish uchun tavsiya qilinadi. Kafedraning har bir professor-o‘qituvchilarida mashg‘ulotga kirishda quyidagi me’yoriy hujjatlar bo‘lishi talab etiladi.

Har bir fan bo‘yicha namunaviy fan dasturi, sillabus, O’MM, ma’ruza matni, reyting ishlanmasi, kalendar mavzuli reja, amaliy mashg‘ulotlari hujjatlar mavjud

Ma’lumot: 2024 yilning 19-20 aprel kunlari “Oilada destruktiv munosabatlar psixoproflaktikasi va psixokorreksiyasi:muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konfrensiya o’tkazildi. Konfrensiyada o’ndan ortiq xorijiy davlat oliy ta’lim muassasalaridan hamda yuzdan ortiq mahalliy oliy ta’lim muassasalirining professor-o’qituvchilari, doktorantlar, magistr hamda talabalar o’zlarining ma’ruzalari va ilmiy maqola hamda tezislari bilan onlayn va oflayn formatda ishtirok etdilar.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDUda ilmiy-innovatsion faoliyat va ilmiy kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi

  • 2026-09-21
  • 97

Termiz davlat universiteti rektori huzurida universitetning ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirish, ilmiy natijalarni tijoratlashtirish hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan muhokama bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

ILM-FAN NAMOYANDALARI TERDUDA JAM BO‘LDI

  • 2026-09-21
  • 92

Xabar berganimizdek, bugun — 21-sentyabr kuni Termiz davlat universitetida matematika fanining zamonaviy va istiqbolli yo‘nalishlariga bag‘ishlangan “Matematik analiz va matematik fizika tenglamalarining zamonaviy masalalari”

Batafsil

TerDU ilmiy salohiyati izchil o‘smoqda

  • 2026-09-19
  • 80

Termiz davlat universitetida ilmiy salohiyat ko‘rsatkichi so‘nggi yillarda barqaror o‘sish dinamikasini namoyon etmoqda. 2017-yilda 16 foizni tashkil etgan mazkur ko‘rsatkich

Batafsil