🟢Surxondaryoda yoshlarning siyosiy-huquqiy bilimini oshirish, ularning faol fuqarolik pozitsiyasini yanada mustahkamlash maqsadida “Siyosatdagi yoshlar” intellektual turniri yuqori saviyada tashkil etildi.
🟢O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Surxondaryo viloyat kengashi tashabbusi bilan, viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan mazkur intellektual bellashuvda universitetlarning bilimga chanqoq, izlanuvchan va tashabbuskor yoshlari o‘zaro kuch sinashdi.
🟢Musobaqa davomida ishtirokchilar davlat boshqaruvi, qonunchilik, parlament faoliyati va siyosiy-huquqiy jarayonlarga oid savollar orqali o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar.
🟢TerDU yoshlari esa yana bir bor o‘zining yuksak intellektual salohiyatini namoyish etdi!
🥇 1-o‘rin — TerDU “Diplomatlar” jamoasi!
🥈 2-o‘rin — TerDU “Demokratlar” jamoasi!
🥉 3-o‘rin — Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali “Aysberg” jamoasi!
Bugungi bilim — ertangi taraqqiyot poydevori!