Termiz davlat universiteti Harbiy tayyorgarlik o‘quv markaziga talabalarni saralash jarayonining uchinchi bosqichi ham yakunlandi.
Ushbu bosqich doirasida nomzod talabalar jismoniy tayyorgarlik sinovlari hamda ChQBT fanidan test sinovlarida ishtirok etib, o‘z bilim, kuch, chaqqonlik va chidamliligini namoyon etdilar. Sinovlarda Termiz shahridagi 4 ta oliy ta’lim muassasasidan jami 181 nafar talaba qatnashdi. Jarayon O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ko‘rsatmasiga muvofiq, maxsus komissiya ishtirokida belgilangan tartibda tashkil etildi.
Bu jarayon nafaqat bilim va jismoniy tayyorgarlikni, balki iroda, intizom va mas’uliyatni ham sinovdan o‘tkazdi. Har bir sinov — harbiy tayyorgarlik sari yana bir muhim qadam!