“BIRINCHI QO‘NG‘IROQ”: PREZIDENT TABRIGI VA SOVG‘ASI O‘QUVCHILARGA YETKAZILDI

Bugun yurtimizdagi barcha umumta’lim maktablarida 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan “Birinchi qo‘ng‘iroq” — “Bilimlar kuni” tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda.

Termiz davlat universiteti rektori Angor tumanidagi 31-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, bayram tadbirida ishtirok etdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yangi o‘quv yili munosabati bilan yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi. Maktabning 1-sinfga qadam qo‘ygan o‘quvchilariga esa “Prezident sovg‘asi” tantanali ravishda topshirildi.

A.Toshqulov maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘yayotgan bolajonlarni samimiy muborakbod etib, ularga ilm yo‘lidagi ilk qadamlarida omad va muvaffaqiyat tiladi.

Shuningdek, o‘quvchilarga har bir daqiqani g‘animat bilib, sidqidildan bilim olish, ustozlar sabog‘ini qadrlash va kelajak sari dadil intilish zarurligini ta’kidladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“BIRINCHI QO‘NG‘IROQ”: PREZIDENT TABRIGI VA SOVG‘ASI O‘QUVCHILARGA YETKAZILDI

  • 2026-09-02
  • 72

Bugun yurtimizdagi barcha umumta’lim maktablarida 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan “Birinchi qo‘ng‘iroq” — “Bilimlar kuni” tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda.

Batafsil

TerDUda 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

  • 2026-08-28
  • 10

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 21-avgustdagi 356-son buyrug‘i ijrosi doirasida Termiz davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

Batafsil

TerDU tarixida muhim ilmiy voqea!

  • 2026-08-26
  • 162

Myunster universiteti doktoranti PhD dissertatsiyasini Termiz davlat universitetida muvaffaqiyatli himoya qildi

Batafsil