Termiz davlat universiteti rektori huzurida universitetning qo‘shma ta’lim dasturlariga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari muhokama qilindi.
.jpg)
Yig‘ilishda universitetning xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori G‘. Tog‘ayev tomonidan qo‘shma ta’lim dasturlariga hujjat topshirish ko‘rsatkichlari, mavjud kvotalar hamda ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi ayni holati yuzasidan tahliliy ma’lumotlar taqdim etildi.
.jpg)
Muhokamalar davomida aksariyat ta’lim yo‘nalishlariga talab yuqori ekani, ayrim yo‘nalishlarda esa abituriyentlarga hujjat topshirish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratish zarurligi qayd etildi.
Shu munosabat bilan, abituriyentlarning murojaatlari va mavjud talabni inobatga olgan holda, universitet rektorining tegishli ko‘rsatmasi va topshirig‘iga asosan, Termiz davlat universitetining qo‘shma ta’lim dasturlariga hujjat qabul qilish muddati 2026-yil 5-sentabrga qadar uzaytirildi.
.jpg)
Qo‘shma ta’lim dasturlarida tahsil olish istagida bo‘lgan abituriyentlarni yaratilgan ushbu qo‘shimcha imkoniyatdan foydalanib, belgilangan muddatga qadar hujjatlarini topshirishga taklif etamiz.
❗️Hujjat topshirishning so‘nggi muddati: 5-sentabr, 2026-yil.