Ta’lim grantlarini qayta taqsimlash natijalari e’lon qilindi!
Termiz davlat universitetida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining 2- va 3-bosqich hamda magistratura mutaxassisliklarining 2-bosqich talabalari uchun 2026/2027-o‘quv yiliga mo‘ljallangan ta’lim grantlarini qayta taqsimlash bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov natijalari e’lon qilindi.
Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom” talablariga muvofiq tashkil etilib, talabalarning akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari hamda ijtimoiy faolligi asosida amalga oshirildi.
Talabalar quyidagi ro‘yxat orqali 2026/2027-o‘quv yilida ta’lim granti asosida tahsil olish huquqiga ega bo‘lganliklari bilan tanishishlari mumkin.
‼️Ta'lim grantini qayta taqsimlash jarayonlaridan norozi bo'lgan talabgorlar 48 soat davomida belgilangan tartibda apellyatsiya arizalarini ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limiga (Islom Toshpulatov, +998941362017) topshirishlari mumkin.