Termiz davlat universiteti Roman-german tillari kafedrasi katta o‘qituvchisi Sanjar Islomov Germaniyaning nufuzli Myunster universitetida olib borgan doktorlik tadqiqotini muvaffaqiyatli himoya qilib, Dr. phil. (Doctor philosophiae) ilmiy darajasiga sazovor bo‘ldi.
Dissertatsiya “Madaniyatlararo narratologiyaga empirik yondashuvlar: nemis va o‘zbek narrativlarining qiyosiy tahlili” mavzusiga bag‘ishlangan.

Mazkur himoya Termiz davlat universiteti uchun alohida ahamiyatga ega. Ilk bor xorijiy oliy ta’lim muassasasining ilmiy rahbarlari — Myunster universiteti professori Silvia Royvekamp va Vuppertal universiteti professori Matias Martines Termiz davlat universitetiga tashrif buyurib, doktorlik dissertatsiyasi himoyasida bevosita ishtirok etdilar.
📊 Ma’lumot uchun: Myunster universiteti dunyoning nufuzli oliygohlaridan biri bo‘lib, 2026-yilgi xalqaro reytinglarda THE World University Rankings’da 195-o‘rin, QS World University Rankings’da 370-o‘rin, ARWU reytingida esa 151–200-o‘rinlar oralig‘idan joy olgan.

✨ Ushbu yutuq — Sanjar Islomovning shaxsiy muvaffaqiyati bilan bir qatorda, Termiz davlat universiteti va O‘zbekiston ilm-fani uchun ham katta faxr!
✨ Sanjar Ro‘ziqulovich Islomovni ushbu yuksak ilmiy yutuq bilan chin dildan muborakbod etamiz!
