YAXSHILIK ZANJIRI DAVOM ETMOQDA!

Bir ezgu niyat — bir quvonch.
Bir e’tibor — bir umid.
Bir yaxshilik esa — yana bir yaxshilikka sabab bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo viloyatida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida davom etayotgan ezgulik va mehr-oqibat chellenjiga Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari ham o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Bu galgi ezgu tashabbus doirasida Termiz shahridagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga maktab sumkalari va zarur o‘quv qurollari topshirildi.

Balki biz uchun oddiygina maktab sumkasi bo‘lib ko‘ringandir. Ammo bir bola uchun u — yangi o‘quv yilidagi katta quvonch, yangi orzular va kelajakka tashlangan yana bir qadamdir.

Eng muhimi, bu faqatgina sovg‘a ulashish emas. Bu — “Siz yolg‘iz emassiz!” degan e’tibor, mehr va dalda ifodasidir.

Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Hamidovich Toshqulov boshchiligida universitet jamoasi tomonidan boshlangan va qo‘llab-quvvatlanayotgan bunday ezgu tashabbuslar bundan buyon ham izchil davom etadi.  

Chunki yaxshilikning chegarasi yo‘q.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDU tarixida muhim ilmiy voqea!

  • 2026-08-26
  • 9

Myunster universiteti doktoranti PhD dissertatsiyasini Termiz davlat universitetida muvaffaqiyatli himoya qildi

Batafsil

2026-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul suhbatlari o‘tkazildi

  • 2026-08-26
  • 11

Termiz davlat universitetida 2026-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul jarayonlari doirasida 10 ta ixtisoslik bo‘yicha suhbatlar tashkil etildi.

Batafsil

QO‘SHMA TA’LIM DASTURLARIGA QABUL MUDDATI UZAYTIRILDI

  • 2026-08-26
  • 11

Termiz davlat universiteti rektori huzurida universitetning qo‘shma ta’lim dasturlariga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari muhokama qilindi.

Batafsil