Termiz davlat universiteti huzurida faoliyat boshlagan “Afg‘on shamoli ta’sirini kamaytirish bilan shug‘ullanuvchi ilmiy tadqiqot markazi” tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

Taqdimot davomida markazning faoliyat yo‘nalishlari, amalga oshirilgan tadqiqotlar va ularning amaliy natijalari haqida ma’lumotlar berildi.

Mazkur ilmiy izlanishlar hududda Afg‘on shamoli ta’sirini kamaytirish, ekologik muhitni yaxshilash hamda aholi uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.

