Kechki va masofaviy ta'lim shakllaridagi 60420100 – Yurisprudensiya ta'lim yo‘nalishiga tanlov yuqori bo‘lishi kutilayotganligi sababli ushbu yo‘nalish bo‘yicha imtihon test sinovlari shaklida o‘tkaziladi.
Mazkur test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan belgilangan tartib asosida o‘tkaziladi.
Xorijiy tilini bilish darajasiga ega bo'lgan talabgorlarning milliy va xalqaro sertifikatlari belgilangan tartibda inobatga olinadi.
Inobatga olinadigan xorijiy tillar: ingliz, fransuz, nemis, ispan, italʼyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, pushtu, dariy, urdu, hindiy, uygʻur, fors tillari
Xorijiy tilini bilish darajasiga ega bo'lgan talabgorlar belgilangan talabdagi milliy va xalqaro sertifikatlari (pdf shaklidagi elektron varianti)ni joriy yilning 10-avgust kuniga qadar (shu kuni ham) Jahonnur Javliyev (+998 95 978 55 95, telegram: @TerSU_2026)ga yuborishingizni ma'lum qilamiz.
Pdf fayl nomini o'z F.I.Sh. bilan yozishingiz talab etiladi.
Test sinovi uchun to‘lov
Test sinovlarida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 50% (206 000 ikki yuzi olti ming soʻm) miqdoridagi to‘lovni 2026-yil 10-avgustga qadar amalga oshirish lozim.
To'lovchi uchun invoys (to'lovni onlayn va oflayn amalga oshirish uchun)
To'lovlar onlayn (to'lov dasturlari) va oflayn (banklar) orqali amalga oshiriladi.
To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng talabgorning my.edu.uz platformasi orqali yuborilgan arizasi qabul qilinadi. Belgilangan muddatgacha to‘lov amalga oshirilmagan holda arizangiz rad etiladi va test sinovlariga ishtirok etishga ruxsat etilmaydi.
Muhim eslatma: To'lov kvitansiyasida albatta to'lovchining F.I.Sh., JSHSHIR raqami va to'lov maqsadi ("Test sinovlari uchun") ko'rsatilishi shart.
Hujjatlarni qabul qilish
Ikkinchi va undan keyingi oliy ta'lim olish uchun my.edu.uz platformasi orqali onlayn ro'yxatdan o'tishning so‘ngi muddati 2026-yil 10-avgust.
Murojaat uchun tel.:+998 95 978 55 95 (Jahonnur)
Telegram orqali murojaat: @TerSU_2026
Murojaat vaqti: har kuni soat 8:00 dan 18:00 gacha.