Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi faoliyati bo‘yicha hisobot taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Ayni paytda Markaz tomonidan hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ilmiy asosda o‘rganish, mavjud muammolar va rivojlanish to‘siqlarini aniqlash, ularning yechimi bo‘yicha amaliy va ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish borasida ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek, hududlarni barqaror rivojlantirish strategiyalarini shakllantirish, ilmiy tadqiqotlar va xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda hudud iqtisodiyoti va aholi turmush darajasini oshirishga hissa qo‘shish Markaz faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari etib belgilangan.

