Termiz davlat universiteti rektori huzurida prorektorlar hamda mas’ul boshqarma va bo‘lim boshliqlarining taqdimotlari davom etmoqda.
.jpg)
Dastlabki taqdimot joriy yilning 16–23-iyul kunlari Janubiy Koreyada xizmat safarida bo‘lib qaytgan Universitetning Strategik rivojlantirish va transformatsiya bo‘yicha prorektori O‘. Xoliyorov boshchiligidagi Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi mas’ullari va mutaxassislari tomonidan o‘tkazildi.
.jpg)
Taqdimotda Koreya ta’lim tizimida qo‘llanilayotgan ilg‘or raqamli texnologiyalar, universitet boshqaruvi va ta’lim jarayonini raqamlashtirish bo‘yicha ilg‘or tajribalar haqida ma’lumot berildi.
Rektor tomonidan mazkur tajribalarni universitetning tegishli yo‘nalishlariga joriy etish, har bir mas’ulga yetkazish va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
.jpg)
Endilikda TerDU professor-o‘qituvchilari va talabalarining kampusga kirib-chiqishi, davomatini nazorat qilish hamda mashg‘ulotlardagi samaradorligini baholash jarayonlarini Koreya tajribasi asosida raqamlashtirish ko‘zda tutilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida: TerDUning Janubiy Koreyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Daejin University bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish borasida amaliy qadamlar tashlanmoqda.
Bu tashabbuslar TerDUda raqamli transformatsiya jarayonlarini yangi bosqichga olib chiqish, ta’lim sifatini oshirish va zamonaviy universitet modelini shakllantirishga xizmat qiladi.