DIQQAT, EʼLON!

Termiz davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun “Yurisprudensiya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga o‘qishga kirish maqsadida ariza topshirgan abituriyentlar diqqatiga!

🟢Yurisprudensiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kirish imtihonlari test shaklida o‘tkaziladi. Test sinovi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

Test sinovi o‘tkaziladigan fanlar va baholash me’zoni:
1-fan. Huquqshunoslik - 30 ta savol (3,1 baldan jami 93 ball)
2-fan. Chet tili (ingliz tili) - 30 ta savol (2,1 baldan jami 63 ball)

📝Test sinovi bo‘yicha ajratilgan maksimal ball – 156 ball.

Eslatma: Chet tilini bilish darajasiga ega bo'lgan talabgorlarning sertifikatlari tegishli tartibda inobatga olinadi

ℹ️Ikkinchi mutaxassislik "Yurisprudensiya" bakalavriat ta'lim yo'nalishi bo'yicha to'lov-kontrakt miqdori:
Bazaviy (oddiy) stipendiyasiz, tabaqalashtirilgan (4,05 balgacha yetmagan) va oshirilgan (super) to'lov-kontrakt miqdorlari

📅Imtihon sanasi, vaqti, joyi va test sinovi uchun to'lovlar haqida qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi.

📞Murojaat uchun tel.:+998 95 978 55 95 (Jahonnur)
Telegram orqali murojaat: @TerSU_2026
Murojaat vaqti: har kuni soat 8:00 dan 18:00 gacha.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Tog‘lar bag‘ridagi universitet nafasi: bunyodkorlik sari

  • 2026-08-11
  • 9

Rektor mas’ullar hamrohligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi PQ-386-son qarori ijrosi doirasida Darband

Batafsil

Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfа

  • 2026-08-11
  • 18

Rektor Xo‘jamayxona bulog‘i oqimidan samarali foydalanish maqsadida Xitoy bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan mikro-GES qurulishi bilan tanishdi.

Batafsil

Termiz davlat universitetida joriy o‘quv yilidan boshlab Harbiy kafedra faoliyati yo‘lga qo‘yildi

  • 2026-08-11
  • 28

Kafedra faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni yanada yaxshilash, shuningdek, professor-o‘qituvchilar uchun zamonaviy dam olish maskani, talabalar uchun sport bazasi, tennis korti inshootlarini barpo etish

Batafsil