Nashr ishlari

Termiz davlat universiteti nashriyot bo’limi

Termiz davlat universiteti nashriyot bo’limi fevral oyining birinchi haftasida barcha fakultetlar hamda kafedralarda faoliyat ko’rsatayotgan professor-o’qituvchilarga kitoblar, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, monografiyalar chop ettirish bo’yicha xizmatlarini taklif qildi.

Quyidagi o’quv qo’llanmalarining chop etilishida amaliy yordam berildi:

  • Normat Yo’ldoshev :“Hozirgi adabiy jarayon”. Uslubiy qo’llanma. 3,75 bosma toboq (60 bet) hajmida. “Tafakkur” nashriyoti.
  • Gulnora Xudoyberdiyeva: “Milliylik ko’rinishlari: muammo yechimlari”. O’quv qo’llanma. 13, 75 bosma toboq (220 bet) hajmida.

Quyidagi kitoblar tahrir qilindi va nashr ettirish uchun tayyorlandi:

  • Yorqinoy Doniyeva: “Engil atletika”. O’quv qo’llanma. 10,5 bosma toboq (168 bet) hajmida. “Tafakkur” nashriyoti.
  • Go’zal Himmatova: “Ifodali o’qish”. O’quv qo’llanma. 3, 25 bosma toboq (52 bet) hajmida.

Mazkur ishlar bilan bir qatorda “TerDU ilmiy xabarnomasi” jurnalining loyihaviy Nizomi namunasi ishlab chiqildi va TerDU Kengashiga taqdim etildi. SHuningdek, mazkur jurnalda ilmiy maqolalarning chop etilish tartibi va ularga qo’yiladigan talablar ishlab chiqildi.

Nashriyot bo’limi talabalr orasida ham o’z xizmatlarini taklif qilmoqda. Xususan, TerDU pedagogika fakulteti birinchi kurs talabasi Muborak O’sarovaning “Alpomish” dostoni bo’yicha tadqiqot-maqolalari respublika va xalqaro jurnallarda chop ettirish uchun talab darajasida tahrir etildi.

TerDU nashriyot bo’limining bevosita amaliy yordami bilan Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi kafedrasi katta o’qituvchisi pedagogika fanlari nomzodi Yarkin Daniyevaning “Jismoniy tarbiya fanidan nazariy va amaliy mashg’ulot o’quv materiallari” o’quv-uslubiy qo’llanmasi qisqa muddatda bosmadan chiqdi.

Mazkur qo’llanmada gimnastika va ommaviy sport o’yinlarining tarixi, bugungi ravnaqiga to’xtab o’tilgan. Shuningdek, barkamol avlodni tarbiyalashdek ulug’ va davomli jarayonda sport o’yinlarini sermahsul o’qitish usullariga alohida yondoshilgan.

Qo’llanma umumta’lim maktablari va o’rta maxsus kasb-hunar dargohlarining o’qituvchilari hamda oliy o’quv yurti talabalariga mo’ljallangan.

Qo’llanma “Tafakkur” nashriyotida 7,5 bosma toboq hajmida chop etilgan. Muharrir  – T.Mustafoyev, musahhih  – N.Qobilova.

Mart  oyida TerDU o’qituvchisi  Go’zal Ximmatovaning «Ifodali o’qish» nomli o’quv-uslubiy qo’llanmasi nashrdan chiqdi. Mazkur risola 3,25 bosma toboq hajmida bo’lib, notiqlik san’atining tarixi va buguniga bag’ishlangan. Shuningdek, o’zbek va dunyo mutafakkirlarining bu nodir san’at haqidagi fikrlari, ifodali o’qish qoidalari, nutqning tarbiya va man’aviyat targ’ibotidagi ahamiyatiga mufassal to’xtalib o’tilgan. Ushbu kitob o’quv-uslubiy qo’llanma sifatida nashrdan chiqqan, ammo uni keng kitobxonlar ommasiga mo’ljallangan risola deyish mumkin.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

XALQARO ILMIY KONFERENSIYA

  • 2026-07-09
  • 37

“Termiz hadis maktabi: allomalar merosi va zamonaviy tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya o‘z ishini boshladi.

Batafsil

TerDUda 2026/2027-o‘quv yili kasbiy (ijodiy) imtihonlaridan fotoreportaj.

  • 2026-07-08
  • 103

Termiz davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan kasbiy (ijodiy) imtihonlardan fotoreportaj.

Batafsil

Termiz davlat universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi!

  • 2026-07-07
  • 206

Bugun, 7-iyul kunidan boshlab Termiz davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun alohida iqtidor talab etadigan bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar rasman boshlandi.

Batafsil