QIZLARIMIZ ICHKI ISHLAR VAZIRI KUBOGI SARI DADIL ODIMLAMOQDA

Termiz shahri mezbonligida o‘tayotgan “Besh tashabbus Olimpiadasi doirasidagi qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha Respublika final bosqichi ayni damda qizg‘in va murosasiz bahslarga boy kechmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri kubogi uchun kechayotgan nufuzli musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan tashrif buyurgan jamoalar o‘zaro kuch sinashmoqda.

5 kunlik musobaqa bahslari “Surxon Arena”, Termiz davlat universitetining voleybol sport zali hamda Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga qarashli sport majmualarida tashkil etildi.

Bugunga qadar asosan Termiz davlat universiteti talabalaridan tashkil topgan voleybolchi qizlarimiz ham munosib ishtirok etib, zafarli odimlarini davom ettirmoqda.

Kuchli zarbalar, keskin vaziyatlar va murosasiz bahslar tobora avjiga chiqmoqda!

Endi barcha nigohlar — kubok sari dadil odimlayotgan qizlarimizda!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 13

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 11

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-08-22
  • 79

Termiz davlat universiteti "Falsafa" kafedrasi professori Rasulov Hakim Mamanovich O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda "Siyosiy madaniyat va mafkura" ixtisosligidan

Batafsil