Ilmiy tadqiqotga oid hujjatlar to`plami

Termiz Davlat Universiteti

quyidagi ixtisosliklar bo’yicha 2019 yil uchun tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka qabul e’lon qiladi:

Ixtisoslik shifri va nomi

Ajratilgan kvota

Tayanch dokto-rantura (PhD)

Dokto-rantura (DSc)

1

01.01.02 – Differentsial tenglamalar va matematik fizika

1

 

2

01.01.06 – Algebra

1

 

3

01.04.10 – Yarimo’tkazgichlar fizikasi

1

 

4

02.00.01 – Noorganik kimyo

1

 

5

03.00.11 – Parazitologiya va gelmintologiya

1

 

6

05.13.06 – Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui

2

 

7

06.01.02 – Melioratsiya sug’orma dehqonchilik

1

 

8

07.00.01 – O’zbekiston tarixi

1

 

9

08.00.06 – Ekonometrika va statistika

1

 

10

10.00.01 – O’zbek tili. O’zbek adabiyoti

1

 

11

13.00.01 – Pedagogika nazariyasi va tarixi. Ta’limda menejment

1

 

12

13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi

2

1

13

13.00.07 – Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi

1

 

 

 

15

1

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 304-sonli qaroriga muvofiq tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka qo’yidagi hujjatlar topshirilishi so’raladi:

Tayanch doktoranturaga (PhD) o’qishga topshiradigan talabgorlar uchun:

ariza, qisqa biografik ma’lumotnoma, mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun), oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo’yicha) to’g’risidagi diplom nusxasi, nashr etilgan ilmiy ishlar ro’yxati, shuningdek, ularning nusxalari.

Doktoranturaga (DSc) o’qishga topshiradigan talabgorlar uchun:

ariza, qisqa biografik ma’lumotnoma, mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun), oliy ma’lumot, fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki  xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo’lganligi to’g’risidagi diplom nusxasi, nashr etilgan ilmiy ishlar ro’yxati, shuningdek, ularning nusxalari (fan doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo’lgan, ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqola, ilmiy-amaliy konferentsiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo’nalishlar bo’yicha ilmiy ishlar to’plamlarida kamida ikkita tezis), tadqiqot mavzusi bo’yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi.

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka:

qisqacha biografik ma’lumotnoma, oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo’yicha) to’g’risidagi diplom nusxasi, mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi, ilmiy ishlar ro’yxati va ularning nusxasi, ish joyidan tavsifnoma.

Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka:

qisqacha biografik ma’lumotnoma, oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo’yicha) to’g’risidagi diplom nusxasi, mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi, ilmiy ishlar ro’yxati va ularning nusxasi, fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi, ish joyidan tavsifnoma.

Hujjatlar 2018 yil 15 sentyabrdan 15 oktyabrgacha qabul qilinadi.

Qo’shimcha ma’lumot olish uchun universitetning ilmiy-tadqiqot va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash bo’limiga quyidagi manzil bo’yicha murojaat etish mumkin: Termiz shahri, Barkamol avlod ko’chasi, 43-uy. Telefon: (+99876) 223-16-79

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Termiz davlat universitetida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi oʻtkazildi

  • 2024-05-17
  • 42

Unda universitetning asosiy buyurtmachi tashkilotlari hamda 100 dan ortiq boshqa korxona va tashkilotlar oʻzlarining 3 mingga yaqin boʻsh ish oʻrinlari va tashkiloti haqida koʻrgazmali hamda tarqatma materiallari bilan qatnashishdi. 

Batafsil

TerDUda TerDUda xalqaro aloqalar kengaymoqda

  • 2024-05-17
  • 37

Ostona shahrida Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov hamda Qozog‘istondagi Yevroosiyo milliy universiteti rektori Yerlan Sidikov o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

Talabalar konferensiyasi gʻoliblari taqdirlandi

  • 2024-05-17
  • 30

Avvalroq Termiz davlat universiteti ilmiy majmuasi tomonidan talabalarning 2023-yilgi ilmiy-tadqiqot ishlari yakuniga bagʻishlangan anʼanaviy 50-ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻtkazilgani haqida xabar bergan edik.

Batafsil