Termiz davlat universitetida xavfsizlik holati o‘rganildi

Termiz davlat universitetida ta’lim jarayonining xavfsizligini ta’minlash, mavjud shart-sharoitlarni o‘rganish hamda xavfsizlik choralarini yanada kuchaytirish maqsadida viloyat prokuraturasi mas’ullari tashrif buyurdi.

Tashrif davomida viloyat prokuraturasi 16.1-bo‘lim katta prokurori B. G‘afforov, bo‘lim prokurorlari F. Shakarov, X. Kenjayev hamda Termiz shahar prokurori o‘rinbosari K. Hazratqulov tomonidan universitetdagi mavjud shart-sharoitlar, xavfsizlik tizimi va tegishli infratuzilma holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida universitet hududida xavfsizlikni ta’minlash, talabalar va xodimlar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda profilaktik choralarni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar universitetda xavfsiz va barqaror ta’lim muhitini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida izchil davom ettiriladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“Paxtaoy”da yangi bunyodkorlik nafasi

  • 2026-09-15
  • 44

Bugun Termiz davlat universitetiga qarashli “Paxtaoy” maskanida ezgu niyatlar, samimiy suhbatlar va fayzli dasturxon atrofida tarix sahifalarida muxrlanadigan uchrashuv tashkil etildi.

Batafsil

TerDU magistranti — xalqaro yoshlar maydonida!

  • 2026-09-15
  • 19

Yekaterinburg shahrida 11–17-sentabr kunlari International Festival of Youth — 2026 (IFY-2026) xalqaro yoshlar festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Batafsil

ILMIY FAOLLIK - UNIVERSITETIMIZ TARAQQIYOTINING MUHIM OMILI!

  • 2026-09-15
  • 49

Termiz davlat universitetida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilarimizning xalqaro ilmiy maydondagi natijalari universitetimiz ilmiy salohiyatining yuksalib borayotganini ko‘rsatmoqda.

Batafsil