Termiz shahar A. Navoiy ko‘chasida joylashgan TerDUga qarashli suzish havzasida bo‘lgan rektorga mazkur majmuada amalga oshirilishi rejalashtirilgan qurilish-rekonstruksiya ishlari hamda xizmat ko‘rsatish loyihalari taqdim etildi.
Ta’kidlanganidek, mazkur majmua zamonaviy talablar asosida yangilanib, nafaqat talabalar, balki voha aholisi va yoshlarida suzish ko‘nikmalarini shakllantirish uchun ham xizmat qiladi.