Mas’ullar hamrohligida talabalar turar joylarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi.

Tashrif davomida talabalarni turar joy bilan ta’minlash masalalari, yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda bu borada tashkil etilgan shtab faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Maʼlumot oʼrnida Termiz davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida jami 4070 o‘rinli talabalar turar joylari hozirlanmoqda.

Mazkur o‘rinlar yangi o‘quv yilida talabalarning turar joyga bo‘lgan mavjud ehtiyojini to‘liq qoplash imkonini beradi.

Bu esa talabalarni munosib yashash sharoitlari bilan ta’minlash bilan birga, davlat budjeti hisobidan qoplab beriladigan ijara to‘lovlariga ehtiyoj qolmasligiga xizmat qiladi.

Rektor tomonidan talabalar uchun qulay va munosib yashash sharoitlarini yaratish, ularni turar joy bilan ta’minlash jarayonini samarali tashkil etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Tog‘lar bag‘ridagi universitet nafasi: bunyodkorlik sari

  • 2026-08-11
  • 13

Rektor mas’ullar hamrohligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi PQ-386-son qarori ijrosi doirasida Darband

Batafsil

Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfа

  • 2026-08-11
  • 23

Rektor Xo‘jamayxona bulog‘i oqimidan samarali foydalanish maqsadida Xitoy bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan mikro-GES qurulishi bilan tanishdi.

Batafsil

Termiz davlat universitetida joriy o‘quv yilidan boshlab Harbiy kafedra faoliyati yo‘lga qo‘yildi

  • 2026-08-11
  • 30

Kafedra faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni yanada yaxshilash, shuningdek, professor-o‘qituvchilar uchun zamonaviy dam olish maskani, talabalar uchun sport bazasi, tennis korti inshootlarini barpo etish

Batafsil