TerDU talabalari respublikamizning turli yetakchi sanoat korxonalarida amaliyot o'tashmoqda

TerDU talabalari amaliy ko'nikma va tajribalarga ega bo‘lish maqsadida respublikamizning turli yetakchi sanoat korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishishmoqda.

Universitetning 1-bosqich talabalari Qashqadaryo viloyatidagi “Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi”, “Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”, “Uzbekistan GTL” MCHJ, “UNG training” MCHJ, “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MCHJ, “Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalari”, 2-3-bosqich talabalari esa Samarqand va Toshkent shahridagi ilmiy markazlarda, jumladan, OʻzMU, ToshKTI, OʻzR FA tarmoqlar institutlari, Olmaliq togʻ-metallurgiya kombinatida ishlab chiqarish amaliyotlarini oʻtashmoqda.

Amaliy darslar talabalarga nazariy bilimlarni amaliyotda qoʻllash, malakali mutaxassislar bilan birga ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etish va nazariy bilimlarini amaliyot yordamida boyitish imkonini beradi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDU tarixida muhim ilmiy voqea!

  • 2026-08-26
  • 9

Myunster universiteti doktoranti PhD dissertatsiyasini Termiz davlat universitetida muvaffaqiyatli himoya qildi

Batafsil

2026-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul suhbatlari o‘tkazildi

  • 2026-08-26
  • 11

Termiz davlat universitetida 2026-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul jarayonlari doirasida 10 ta ixtisoslik bo‘yicha suhbatlar tashkil etildi.

Batafsil

QO‘SHMA TA’LIM DASTURLARIGA QABUL MUDDATI UZAYTIRILDI

  • 2026-08-26
  • 10

Termiz davlat universiteti rektori huzurida universitetning qo‘shma ta’lim dasturlariga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari muhokama qilindi.

Batafsil