Rektor A.Toshqulov rahbarligida yigʻilish oʻtkazildi

Rektor A.Toshqulov rahbarligida ijro intizomini yaxshilash, qabul jarayonini yuqori saviyada oʻtkazish hamda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik koʻrish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi.

2024/2025-oʻquv yilida bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul parametrlari boʻyicha berilgan takliflar taqdimoti qilindi. 

Kun tartibidagi yana bir muhim masalalardan biri Osiyoning eng kuchli universitetlari hamda dunyoning top-1000 talik OTMlari reytingiga kirish boʻyicha amalga oshirilishi zarur bo'lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Buning uchun universitetda global reyting indikatorlarini rivojlantirish, barqaror rivojlanish sari ildam odimlash lozimligi qayd etildi. 

Shuningdek, yigʻilishda professor-oʻqituvchilarning “Scopus” bazasidagi jurnallarda chop etilayotgan maqolalar sonini oshirish, xalqaro akkreditatsiyadan oʻtishda nufuzli universitetlar tajribasini oʻrganish boʻyicha ham masʼul rahbarlarga tegishli topshiriqlar yuklatildi. 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDU tarixida muhim ilmiy voqea!

  • 2026-08-26
  • 9

Myunster universiteti doktoranti PhD dissertatsiyasini Termiz davlat universitetida muvaffaqiyatli himoya qildi

Batafsil

2026-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul suhbatlari o‘tkazildi

  • 2026-08-26
  • 13

Termiz davlat universitetida 2026-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul jarayonlari doirasida 10 ta ixtisoslik bo‘yicha suhbatlar tashkil etildi.

Batafsil

QO‘SHMA TA’LIM DASTURLARIGA QABUL MUDDATI UZAYTIRILDI

  • 2026-08-26
  • 12

Termiz davlat universiteti rektori huzurida universitetning qo‘shma ta’lim dasturlariga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari muhokama qilindi.

Batafsil