Bilim ortidan kelgan gʻalaba insonga ishonch bagʻishlaydi.

Toʻrt kun davom etgan “Mirzo Ulugʻbek vorislari” tanlovining final bosqichi oʻz nihoyasiga yetdi. Tanlovda respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan 280 nafar iqtidorli yoshlar turli yoʻnalishlar boʻyicha oʻz gʻoya va loyihalari bilan ishtirok etishdi. 

Quvonarlisi mazkur tanlovda Termiz davlat universitetining iqtidorli talabalari gʻolib va sovrindorlar qatoridan joy olishdi. 

Xadicha Faxriddinova - Kimyo fakulteti;
Farzona Usmonova - Kimyo fakulteti.
Kayhon Atoyev - Tabiiy fanlar  fakulteti;
Nurali Murodullayev - Tabiiy fanlar fakulteti;

Taqdirlash marosimida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.Sharipov, Mirzo Ulugʻbek jamgʻarmasi raisi akademik O.Salimov va yana bir qator mutasaddilar ishtirok etishdi.

Talabalarimiz maxsus sertifikat hamda 6 800 000 so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanishdi, shuningdek, ular Italiyaning Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida imtihonsiz o‘qish imkoniyatini ham qo‘lga kiritishdi. Ushbu yutuq va muvaffaqiyat bilan talabalarimizni tabriklaymiz.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDU tarixida muhim ilmiy voqea!

  • 2026-08-26
  • 12

Myunster universiteti doktoranti PhD dissertatsiyasini Termiz davlat universitetida muvaffaqiyatli himoya qildi

Batafsil

2026-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul suhbatlari o‘tkazildi

  • 2026-08-26
  • 16

Termiz davlat universitetida 2026-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul jarayonlari doirasida 10 ta ixtisoslik bo‘yicha suhbatlar tashkil etildi.

Batafsil

QO‘SHMA TA’LIM DASTURLARIGA QABUL MUDDATI UZAYTIRILDI

  • 2026-08-26
  • 15

Termiz davlat universiteti rektori huzurida universitetning qo‘shma ta’lim dasturlariga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari muhokama qilindi.

Batafsil