Maktab bitiruvchilariga Prezident tabrigi o‘qib eshittirildi...

Termiz shahridagi 14-umumta’lim maktabida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Rasul To‘rayev ishtirok etib, Prezidentimizning mamlakatimiz maktablari bitiruvchilariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. 

O'quv yili davomida faol bo'lgan pedagog xodimlar va o'zlarining namunali xulqi, a'lo baholari, turli tanlovlarda faol ishtiroki uchun o'quvchilar hamda ularning ota-onalari taqdirlandi.

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida katta hayot ostonasiga ilk qadam qo‘yayotgan yoshlarga puxta bilim bergan ustozlar, ota-onalar oq yo‘l tilashdi.

Ma'lumot uchun, Surxondaryo viloyatidagi 961 ta umumta’lim, 17 ta ixtisoslashtirilgan, 1 ta Prezident va 4 ta nodavlat maktablarida so‘nggi qo‘ng‘iroq sadolari yangramoqda. Joriy yilda mazkur ilm dargohlarining 9-sinfini 47 ming 982 nafar, 11-sinfini 33 ming 89 nafar o‘quvchi tamomlayapti.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDU tarixida muhim ilmiy voqea!

  • 2026-08-26
  • 12

Myunster universiteti doktoranti PhD dissertatsiyasini Termiz davlat universitetida muvaffaqiyatli himoya qildi

Batafsil

2026-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul suhbatlari o‘tkazildi

  • 2026-08-26
  • 16

Termiz davlat universitetida 2026-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul jarayonlari doirasida 10 ta ixtisoslik bo‘yicha suhbatlar tashkil etildi.

Batafsil

QO‘SHMA TA’LIM DASTURLARIGA QABUL MUDDATI UZAYTIRILDI

  • 2026-08-26
  • 15

Termiz davlat universiteti rektori huzurida universitetning qo‘shma ta’lim dasturlariga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari muhokama qilindi.

Batafsil