"Taʼlimda sunʼiy intellekt

Buyuk Britaniyaning “Collins Dictionary“ inglizcha lugʻati sunʼiy intellekt (AI) soʻzini 2023-yilning asosiy soʻzi, deya tan oldi. Lugʻat sunʼiy intellektga “kompyuter dasturlari yordamida inson aqliy funksiyalarini modellashtirish” deb taʼrif bergan.

"Taʼlimda sunʼiy intellekt" — TerDUda shu mavzudagi seriyali vebinarning birinchisiga start berildi. Vebinar masofaviy taʼlimni rivojlantirish boʻyicha xalqaro darajadagi ekspert Odilbek Kattayev tomonidan olib borildi.  

Trening davomida sun’iy intellekt texnologiyalarining muhim jihatlari, xususan, o‘quv jarayonida sun’iy intellektdan foydalanishning asosiy tendensiyalari, afzalliklari va kamchiliklari haqida so'z bordi. 

— Vebinarda ishtirok etib, sunʼiy intellekt atamasi robotlarning inson bilan oʻrin almashishini anglatmaydi. Uning asosiy maqsadi inson qobiliyatlari va imkoniyatlarining chegaralarini kengaytirishga qaratilgan degan fikrga keldim, — deydi universitet xodimi Mirqosim Tilovov — Sunʼiy intellektdan foydalanish uchun ham intellekt kerak.

Shuningdek, ishtirokchilar ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish uchun materiallarini tayyorlashda sunʼiy intellekt texnologiyalariga asoslangan qidiruv, tezkor savol-javob va oʻrganish tizimlari borasida yangi bilim va tajribalarga ega boʻlishdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDU tarixida muhim ilmiy voqea!

  • 2026-08-26
  • 12

Myunster universiteti doktoranti PhD dissertatsiyasini Termiz davlat universitetida muvaffaqiyatli himoya qildi

Batafsil

2026-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul suhbatlari o‘tkazildi

  • 2026-08-26
  • 16

Termiz davlat universitetida 2026-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul jarayonlari doirasida 10 ta ixtisoslik bo‘yicha suhbatlar tashkil etildi.

Batafsil

QO‘SHMA TA’LIM DASTURLARIGA QABUL MUDDATI UZAYTIRILDI

  • 2026-08-26
  • 15

Termiz davlat universiteti rektori huzurida universitetning qo‘shma ta’lim dasturlariga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari muhokama qilindi.

Batafsil