TerDUda nazariy bilimlar amaliyotda yangicha uslubda mustahkamlanmoqda

Termiz davlat universitetining tabiiy fanlar fakultetida tahsil olayotgan talabalarga Surxondaryoning tog‘li hududida joylashgan oliygoh tasarrufidagi Darband o‘quv amaliyot bazasida auditoriyada o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarni amaliyotda sinab ko‘rishlari uchun mos muhit yaratildi. 

Joriy 2023/2024 o‘quv yili yakunida universitetning 400 ga yaqin talabalari uchun ularning xavfsizligi taʼminlangan holda ushbu maskanda dala amaliyoti tashkil etildi.

Dastlabki amaliyotga boruvchi 100 nafar talabalar universitet rektori A.Toshqulov rahbarligida tantanali tarzda kuzatib qo‘yildi.

Kuzatuv jarayonida rektor talabalarga amaliyotni o‘tash davrida xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya qilishlari, vaqtdan unumli foydalanib, amaliy bilimlarni puxta o‘zlashtirishlari bo‘yicha zaruriy tavsiyalarni berdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDU tarixida muhim ilmiy voqea!

  • 2026-08-26
  • 12

Myunster universiteti doktoranti PhD dissertatsiyasini Termiz davlat universitetida muvaffaqiyatli himoya qildi

Batafsil

2026-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul suhbatlari o‘tkazildi

  • 2026-08-26
  • 16

Termiz davlat universitetida 2026-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul jarayonlari doirasida 10 ta ixtisoslik bo‘yicha suhbatlar tashkil etildi.

Batafsil

QO‘SHMA TA’LIM DASTURLARIGA QABUL MUDDATI UZAYTIRILDI

  • 2026-08-26
  • 15

Termiz davlat universiteti rektori huzurida universitetning qo‘shma ta’lim dasturlariga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari muhokama qilindi.

Batafsil