TerDUda TerDUda xalqaro aloqalar kengaymoqda

Ostona shahrida Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov hamda Qozog‘istondagi Yevroosiyo milliy universiteti rektori Yerlan Sidikov o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda yangi xalqaro loyihalar, professor-o‘qituvchilar va talabalarning akademik mobilligi bo‘yicha hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. 

Uchrashuvdan so'ng A.Toshqulov Yevroosiyo milliy universitetidagi taʼlim jarayoni bilan yaqindan tanishib hamkor universitet professor-o‘qituvchilarini Termiz davlat universitetining 70 yillik yubileyi munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirga taklif etdi.

Maʼlumot o‘rnida: QS reytingida 335-o‘rinni egallagan Yevroosiyo milliy universiteti bilan Termiz davlat universiteti o‘rtasida 2021 yilda shartnoma imzolangan bo‘lib, bir guruh professor-o‘qituvchilarimiz ushbu universitet talabalariga maʼruzalar o‘qishgan.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDU tarixida muhim ilmiy voqea!

  • 2026-08-26
  • 12

Myunster universiteti doktoranti PhD dissertatsiyasini Termiz davlat universitetida muvaffaqiyatli himoya qildi

Batafsil

2026-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul suhbatlari o‘tkazildi

  • 2026-08-26
  • 16

Termiz davlat universitetida 2026-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul jarayonlari doirasida 10 ta ixtisoslik bo‘yicha suhbatlar tashkil etildi.

Batafsil

QO‘SHMA TA’LIM DASTURLARIGA QABUL MUDDATI UZAYTIRILDI

  • 2026-08-26
  • 15

Termiz davlat universiteti rektori huzurida universitetning qo‘shma ta’lim dasturlariga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari muhokama qilindi.

Batafsil