TRIGGER loyihasi

Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida bo‘lib o‘tayotgan Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasidagi TRIGGER loyihasining yakuniy hisobot uchrashuvida Termiz davlat universiteti delegatsiyasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Qozog'iston Respublikasidagi Yevroosiyo milliy universitetida o'tkazilgan tadbirda univetsitetimiz rahbariyati tomonidan loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar bo'yicha hisobot berildi, loyiha sub-lideri sifatida hamkor Yevropa va Markaziy Osiyo OTMlari oldida turgan ustuvor vazifalar ta'kidlab o'tildi, loyihaning jozibadorligini oshirish bo'yicha tavsiyalar berildi.

Ma'lumot uchun, TRIGGER loyihasi  Markaziy Osiyoda bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash uchun qulay muhit yaratish orqali universitet talabalari o‘rtasida innovatsion yondashuvlar, tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan bo'lib, 20 ga yaqin Yevropa va Markaziy Osiyo oliygohlarini o'zida birlashtirgan.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDU tarixida muhim ilmiy voqea!

  • 2026-08-26
  • 12

Myunster universiteti doktoranti PhD dissertatsiyasini Termiz davlat universitetida muvaffaqiyatli himoya qildi

Batafsil

2026-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul suhbatlari o‘tkazildi

  • 2026-08-26
  • 16

Termiz davlat universitetida 2026-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul jarayonlari doirasida 10 ta ixtisoslik bo‘yicha suhbatlar tashkil etildi.

Batafsil

QO‘SHMA TA’LIM DASTURLARIGA QABUL MUDDATI UZAYTIRILDI

  • 2026-08-26
  • 15

Termiz davlat universiteti rektori huzurida universitetning qo‘shma ta’lim dasturlariga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari muhokama qilindi.

Batafsil