Akademik bilan tarixiy uchrashuv

Tarix fakultetida tarix fanlari doktori, professor, Abu Rayhon Beruniy nomidagi davlat mukofotining sovrindori, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi Ahmadali Asqarov bilan talabalar uchrashuvi tashkil etildi. 

Ahmadali Asqarov 450 dan ortiq ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar, shu jumladan 16 ta monografiya, darslik va oʻquv qoʻllanmalar muallifi. Oʻzbekiston hududidagi ilk shahar va ilk ibodatxona qoldiqlari aniqlangan Jarqoʻton yodgorligining kashfiyotchisi. Dunyo tamaddunida beshinchi sivilizatsiya – Oks sivilizatsiyasini ilmiy isbotlagan olim.

Uchrashuvda zahmatkash olim oʻz faoliyatiga toʻxtalib oʻtar ekan, oʻtgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab, bugungi Yangi Oʻzbekistonning tarixini yozish davomida paydo boʻlgan gʻoyalari va qarashlari bilan oʻrtoqlashdi. Samimiy va savol-javoblarga boy tarzda oʻtgan uchrashuvda talabalar akademikdan arxeologik ekspeditsiyalarda kechgan yillari, ilmiy izlanishlari, tarixiy voqealar haqida soʻzlab berishlarini soʻrashdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDU tarixida muhim ilmiy voqea!

  • 2026-08-26
  • 12

Myunster universiteti doktoranti PhD dissertatsiyasini Termiz davlat universitetida muvaffaqiyatli himoya qildi

Batafsil

2026-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul suhbatlari o‘tkazildi

  • 2026-08-26
  • 16

Termiz davlat universitetida 2026-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul jarayonlari doirasida 10 ta ixtisoslik bo‘yicha suhbatlar tashkil etildi.

Batafsil

QO‘SHMA TA’LIM DASTURLARIGA QABUL MUDDATI UZAYTIRILDI

  • 2026-08-26
  • 15

Termiz davlat universiteti rektori huzurida universitetning qo‘shma ta’lim dasturlariga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari muhokama qilindi.

Batafsil