Rektor jahon standartlari asosida 26,7 mlrd soʻm evaziga bunyod etilgan “Ilgʻor texnologiyalar ilmiy-tadqiqot markazi”ni koʻzdan kechirdi

Ushbu ilmiy markaz taʼlimdan boshlab, ilmiy ishlarni tijoratlashtiradigan yirik laboratoriyaga aylanadi — A.Toshqulov

Termiz davlat universiteti rektori zamonaviy tipda bunyod etilgan “Ilgʻor texnologiyalar ilmiy-tadqiqot markazi”ni foydalanishga topshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. 

Mazkur markazni tashkil etish topshirigʻi 2021-yil 8-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyati saylovchilari bilan oʻtkazilgan uchrashuv chogʻida berilgan boʻlib, ayni paytda binoda qurilish ishlari yakunlangan. 

Rektor jahon standartlari asosida 26,7 mlrd soʻm evaziga bunyod etilgan bino imkoniyatlarini koʻzdan kechirar ekan, laboratoriya 210 nomdagi zamonaviy asbob uskunalar va jihozlar bilan taʼminlanishini taʼkidladi. Shuningdek, kimyo fakulteti professor-oʻqituvchilari bilan suhbat davomida ularning ilmiy tadqiqot ishlari, rejalari xususidagi fikr-mulohazalari, takliflari tinglandi.

Jahonning nufuzli universitetlarining ilmiy yutuqlarini o'zlashtirib, sohaga tezroq tatbiq etish orqali universitetning respublika va xalqaro maydondagi reytingini yanada oshirish hamda tez kunlarda 12 milliard soʻmga qoʻshimcha laboratoriya jihozlarini olib keltirish bo'yicha ko'rsatmalar berildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDU tarixida muhim ilmiy voqea!

  • 2026-08-26
  • 12

Myunster universiteti doktoranti PhD dissertatsiyasini Termiz davlat universitetida muvaffaqiyatli himoya qildi

Batafsil

2026-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul suhbatlari o‘tkazildi

  • 2026-08-26
  • 16

Termiz davlat universitetida 2026-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul jarayonlari doirasida 10 ta ixtisoslik bo‘yicha suhbatlar tashkil etildi.

Batafsil

QO‘SHMA TA’LIM DASTURLARIGA QABUL MUDDATI UZAYTIRILDI

  • 2026-08-26
  • 15

Termiz davlat universiteti rektori huzurida universitetning qo‘shma ta’lim dasturlariga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari muhokama qilindi.

Batafsil