Termiz davlat universiteti talabalari Sejong universitetida o'qish imkoniyatiga ega bo'ladi

Termiz davlat universitetida Janubiy Koreyadagi Sejong universiteti  professor, vatandoshimiz Otabek Joʻrayev va talabalar uchrashuvi boʻlib oʻtdi. 

Unda mazkur universitet imkoniyatlari, taʼlim yoʻnalishlari, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlari, Sejong universiteti qabul jarayonlari, yangi mutaxassisliklar, taʼlim grantlari toʻgʻrisida taqdimot qilindi. 

Maʼlumot uchun, xalqaro THE reytingida 250, QS reytingida 436-oʻrinni egallagan Sejong universiteti elektronika va axborot, mehmonxona va turizmni boshqarish, raqs, animatsiya va badiiy gimnastika yo'nalishlarida mutaxassislarni tayyorlash bo'yicha ajralib turadi.  

Shuningdek, uchrashuvda TerDU va Sejong universiteti o‘rtasida AI Finance MBA dasturini va talabalarimizni Sejong universitetida 6 oy yoki 1 yil davomida imtiyozli o‘qish dasturlarini yo'lga qo'yish  haqida atroflicha maʼlumot berildi. 

Talabalar Sejong universitetida taʼlim olish shartlari, grantning afzalliklari boʻyicha o'zlarini qiziqtirgan barcha savollariga professordan batafsil javob olishdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDU tarixida muhim ilmiy voqea!

  • 2026-08-26
  • 16

Myunster universiteti doktoranti PhD dissertatsiyasini Termiz davlat universitetida muvaffaqiyatli himoya qildi

Batafsil

2026-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul suhbatlari o‘tkazildi

  • 2026-08-26
  • 20

Termiz davlat universitetida 2026-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul jarayonlari doirasida 10 ta ixtisoslik bo‘yicha suhbatlar tashkil etildi.

Batafsil

QO‘SHMA TA’LIM DASTURLARIGA QABUL MUDDATI UZAYTIRILDI

  • 2026-08-26
  • 17

Termiz davlat universiteti rektori huzurida universitetning qo‘shma ta’lim dasturlariga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari muhokama qilindi.

Batafsil