Xotira ulug' — qadr muqaddas

Termiz davlat universiteti rahbariyati tashabbusi bilan shonli sana oldi o‘tganlarni xotirlash va hayot bo‘lgan keksalarni qadrlash tadbiri tashkil etildi. 

Unda 150 nafar uzoq yillar davomida ko‘z nuri, qalb qo‘rini shu universitet rivoji, taʼlim taraqqiyotiga sarflagan keksa-nuroniylar hamda ushbu sohaga mehnati singan fidokor professor-o‘qituvchilar taklif etildi. 

Tadbirda bugungi dorilamon kunlarning qadri, ezgu tashabbuslar, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, taʼlim sohasidagi yangiliklar xususida  suhbatlar qilinib, mehnat faxriylariga chuqur hurmat, eʼzoz ko‘rsatildi.

Dasturxon atrofida duoga qo‘l ochilib, taʼlim-tarbiya yo‘lida sidqidildan xizmat qilgan marhum ustozlar, hamkasblar va soha vakillari yodga olindi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDU tarixida muhim ilmiy voqea!

  • 2026-08-26
  • 16

Myunster universiteti doktoranti PhD dissertatsiyasini Termiz davlat universitetida muvaffaqiyatli himoya qildi

Batafsil

2026-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul suhbatlari o‘tkazildi

  • 2026-08-26
  • 20

Termiz davlat universitetida 2026-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul jarayonlari doirasida 10 ta ixtisoslik bo‘yicha suhbatlar tashkil etildi.

Batafsil

QO‘SHMA TA’LIM DASTURLARIGA QABUL MUDDATI UZAYTIRILDI

  • 2026-08-26
  • 17

Termiz davlat universiteti rektori huzurida universitetning qo‘shma ta’lim dasturlariga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari muhokama qilindi.

Batafsil