Ikki ming nafar talabani qamrab olgan “Milliy qadriyatlar sayli” jozibasi

Termiz davlat universitetida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Milliy qadriyatlar sayli”  oʻtkazildi.

A.Toshqulov: bu kabi tadbirlar yoshlar hayotida nihoyatda katta ahamiyatga ega. Agar kuzatgan boʻlsangiz, milliy qadriyatlar, urf-odat va ajdodlarga hurmat ruhida ulgʻaygan yoshlar hayotda ham katta natijalarga, muvaffaqiyatlarga erishib kelyapti. Bugungi tahlikali zamonda, ularni bir daqiqa ham boʻsh qoldirmasligimiz zarur...

Saylda talabalar oʻz iqtidor va qiziqishiga qarab “Osh chempionati”, “TerDU malikasi” tanlovlari, “Arqon tortish”, “Kuch sinashish”, “Tosh koʻtarish” musobaqalari va “Milliy kiyimlar namoyishi” koʻrgazmasida ishtirok etib, bor kuch va mahoratini namoyish etishdi. 

Tadbir haqiqatdan ham oʻzgacha kayfiyatda oʻtdi, barcha talabalar faol ishtirok etib, oʻzining ochilmagan qirralarini koʻrsatishdi. Ayniqsa, menda milliy xalq oʻyinlari unutilmas taassurotlarni qoldirdi. Biz yoshlar, bu oʻyinlar, milliy qadriyatlarimizni tarixga aylanishiga yoʻl qoʻymasligimiz kerak —  Aziza Mahmudova, talaba.

Yakuniy qismdan oʻrin olgan konsert dasturi ham talabalarga birdek manzur boʻldi. Milliy va zamonaviy qoʻshiqlarga raqsga tushgan yoshlarning yana bir kuni mazmunli nihoyalandi.

Gʻoliblar hamda faol ishtirokchilar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDU tarixida muhim ilmiy voqea!

  • 2026-08-26
  • 12

Myunster universiteti doktoranti PhD dissertatsiyasini Termiz davlat universitetida muvaffaqiyatli himoya qildi

Batafsil

2026-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul suhbatlari o‘tkazildi

  • 2026-08-26
  • 16

Termiz davlat universitetida 2026-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul jarayonlari doirasida 10 ta ixtisoslik bo‘yicha suhbatlar tashkil etildi.

Batafsil

QO‘SHMA TA’LIM DASTURLARIGA QABUL MUDDATI UZAYTIRILDI

  • 2026-08-26
  • 15

Termiz davlat universiteti rektori huzurida universitetning qo‘shma ta’lim dasturlariga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari muhokama qilindi.

Batafsil