A.Toshqulov: 2024/2025-oʻquv yilidan fan oʻqituvchisini tanlash mexanizmi joriy etiladi

Rektor rahbarligida xorijiy va respublikamizdagi nufuzli oliy taʼlim muassasalarining ilgʻor tajribalarini universitetda joriy etish hamda TerDUni har bir jabhada yuqori darajalarga olib chiqish masalalari yuzasidan kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazildi. 

Yigʻilishda bir hafta davomida respublikamizdagi ilgʻor xorijiy — Vebster, Inha, Turin politexnika universitetlari, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va boshqa OTMlar tajribasini oʻrganib qaytgan masʼul rahbarlardan iborat ishchi guruh taqdimoti tinglandi. 

Rektor: Oʻquv jarayoniga taʼlimning kredit tizimini joriy qilishni kuchaytirish orqali universitetni jahonning nufuzli universitetlari qatoriga kirishini taʼminlashimiz zarur. Mazkur tizimga oʻtishni barcha professor-oʻqituvchilar oʻzlarining bosh maqsadi etib belgilab olishlari shart.

Mas’ul rahbarlar hamda professor-o‘qituvchilar oldida turgan eng muhim vazifalar belgilab olindi:

nufuzli xorijiy oliy ta’lim va ilmiy muassasalarda ta’lim olgan, malaka oshirgan, ilmiy darajalarini himoya qilgan iqtidorli pedagog kadrlar hamda amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassislarni ta’lim jarayoniga keng jalb qilish;

xalqaro reytinglarda nufuzli o‘rinlarni egallagan xorijiy hamda yetakchi respublika oliy ta’lim muassasalari bilan talabalar, professor-o‘qituvchilar, ilmiy-izlanuvchi olimlarning almashinuv dasturlarini keng joriy qilish;

2024/2025-o‘quv yilidan boshlab fan o‘qituvchilarini tanlash mexanizmini joriy etish;

talabalar uchun barcha turdagi xizmatlarni ko‘rsata oladigan registrator ofisi xizmatlarini tashkil etish; 

xorijiy universitetlarning fan dasturlarini o‘rganish va qo‘llash;

HЕMIS tizimi imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish, shuningdek, talaba bilan muloqotni to‘liq tizim orqali olib borish;

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 824-son Qarori bo‘yicha muntazam seminarlar tashkil etish va uning ijrosini ta’minlashni nazorat qilish;

ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish va unga barcha talabalarni qamrab olish;

Talabalarni sportga jalb qilish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida sport turlari bo‘yicha  “Dekan kubogi” va “Rektor kubogi” musobaqalarini tashkil etish.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Termiz davlat universitetida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi oʻtkazildi

  • 2024-05-17
  • 40

Unda universitetning asosiy buyurtmachi tashkilotlari hamda 100 dan ortiq boshqa korxona va tashkilotlar oʻzlarining 3 mingga yaqin boʻsh ish oʻrinlari va tashkiloti haqida koʻrgazmali hamda tarqatma materiallari bilan qatnashishdi. 

Batafsil

TerDUda TerDUda xalqaro aloqalar kengaymoqda

  • 2024-05-17
  • 34

Ostona shahrida Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov hamda Qozog‘istondagi Yevroosiyo milliy universiteti rektori Yerlan Sidikov o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

Talabalar konferensiyasi gʻoliblari taqdirlandi

  • 2024-05-17
  • 28

Avvalroq Termiz davlat universiteti ilmiy majmuasi tomonidan talabalarning 2023-yilgi ilmiy-tadqiqot ishlari yakuniga bagʻishlangan anʼanaviy 50-ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻtkazilgani haqida xabar bergan edik.

Batafsil