Kimyo, biologiya va fizika fanlari boʻyicha fan olimpiadasiga start berildi

Prezidentimizning “Kimyo va biologiya yo'nalishlarida uzluksiz ta'lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi hamda “Fizika sohasidagi ta'lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarorlari asosida har yili oʻtkazib kelinayotgan fan olimpiadasiga start berildi.

Yoshlar orasida kimyo va biologiya boʻyicha iqtidorli, qobiliyatli va isteʼdodlarni aniqlash, ulardagi ijodiy qobiliyatlarning roʻyobga chiqishiga koʻmaklashish va qoʻllab-quvvatlash maqsadida Termiz davlat universiteti tomonidan viloyatdagi umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida fizika, kimyo va biologiya fanlari boʻyicha fan olimpiadasining tuman (shahar) bosqichi o‘tkazildi. Mazkur olimpiadada 1000 nafardan ortiq bitiruvchi sinf oʻquvchilari ishtirok etishdi. G‘oliblikni qo‘lga kiritgan 72 nafar o‘quvchilar viloyat bosqichida qatnashish yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Ushbu olimpiadaning viloyat bosqichida 1-2-3-oʻrinlarni egallagan oʻquvchilar Davlatimiz rahbarining “Kimyo va biologiya yoʻnalishlarida uzluksiz taʼlim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi  Qaroriga asosan oliy taʼlim muassasalariga imtihonsiz oʻqishga qabul qilinadi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDU tarixida muhim ilmiy voqea!

  • 2026-08-26
  • 12

Myunster universiteti doktoranti PhD dissertatsiyasini Termiz davlat universitetida muvaffaqiyatli himoya qildi

Batafsil

2026-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul suhbatlari o‘tkazildi

  • 2026-08-26
  • 16

Termiz davlat universitetida 2026-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul jarayonlari doirasida 10 ta ixtisoslik bo‘yicha suhbatlar tashkil etildi.

Batafsil

QO‘SHMA TA’LIM DASTURLARIGA QABUL MUDDATI UZAYTIRILDI

  • 2026-08-26
  • 15

Termiz davlat universiteti rektori huzurida universitetning qo‘shma ta’lim dasturlariga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari muhokama qilindi.

Batafsil