“Markaziy Osiyo sharoitida universitet bitiruvchilarini ishga joylashtirishda TRIGGER loyihasining targʻibot faoliyati”

TRIGGER loyihasi doirasida Termiz davlat universitetida “Markaziy Osiyo sharoitida universitet bitiruvchilarini ishga joylashtirishda TRIGGER loyihasining targʻibot faoliyati” mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazildi.

Unda TerDU xalqaro aloqalar boʻyicha prorektori, Markaziy bank Surxondaryo viloyati bosh boshqarmasi xodimi, hamkor oliy taʼlim muassasalari vakillari, professor-oʻqituvchilar ishtirok etib, loyiha doirasida atroflicha soʻz yuritishdi.

Konferensiyada dastlab TRIGGER loyihasi doirasida TerDUda amalga oshirilgan ishlar samaradorligi, natijalari bilan tanishtirildi. Shuningdek, maʼruzachilar “Tadbirkorlik taʼlimi va koʻnikmalarini rivojlantirish boʻyicha tajribalar”, “Talabalarda moliyaviy savodxonlikni shakllantirish”, “Raqamli texnologiyaning afzallik va kamchiliklari” mavzularida ma'ruzalar qilishdi.
 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Universitet Kengashining navbatdagi yigʻilishi bo'lib o'tdi

  • 2024-05-20
  • 12

Yigʻilish avvalida Oliy attestatsiya komissiyasining tegishli qarori bilan ilmiy unvon va darajalar berilgan o'qituvchilarga professor, dotsent hamda falsafa doktori (PhD) attestat hamda diplomlari topshirildi.

Batafsil

Ogʻir vazn toifasidagi Jahongir Mamatraximov raqiblarini yengib faxrli 1-oʻrinni egalladi

  • 2024-05-20
  • 3

Toshkent shahrida milliy va xorijiy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xalqaro kurash musobaqasi o‘tkazildi. Barcha hududlardan saralangan 98 nafar kurashchi talabalar chempionlik uchun kurash olib borishdi. 

Batafsil

Pedagoglar uchun attestatsiya test sinovlari bo'lib o'tmoqda

  • 2024-05-20
  • 4

Ayni vaqtda Termiz davlat universitetida akademik litsey va professional taʼlim muassasalarining pedagoglari uchun attestatsiya test sinovlari bo'lib o'tmoqda

Batafsil