TerDUdagi "Ilmiy-tadqiqot markazi"ga arxeologiya yo‘nalishi uchun 400 ming AQSH dollari miqdoridagi laboratoriya jihozlari o‘rnatiladi

Universitetda ilm-fanni rivojlantirish maqsadida laboratoriyalar faoliyatini kengaytirish, ularning moddiy texnik bazasini boyitishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Ana shu maqsadda rektor A.Toshqulov Xitoyning Shimoli-g‘arbiy universiteti Madaniy meros instituti direktori, Xitoy-Markaziy Osiyoda Inson va atrof-muhit “Bir kamar va bir yo‘l” xalqaro qo‘shma arxeologik ekspeditsiyasi rahbari Ma Jianni qabul qildi. 

Uchrashuvda TerDUning yangi 750 o‘rinli “Ilmiy-tadqiqot markazi”da arxeologik ilmiy-amaliy laboratoriyasini shakllantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar taqdimot qilindi. 

Hamkorlikka ko‘ra, markazga talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash imkoniyatini beruvchi qiymati 400 ming AQSH dollarli paleobotanika, paleozologiya, antropologiya, sopol, metallar ustida kimyoviy tadqiqot olib boruvchi va restavratsiya laboratoriya jihozlari o‘rnatiladi.  

Maʼlumot o‘rnida, Termiz davlat universiteti va Shimoli-g‘arbiy universiteti o‘rtasida 2019 va 2024-yillarda memorandum va 2023-yilda shartnoma imzolangan.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDU tarixida muhim ilmiy voqea!

  • 2026-08-26
  • 12

Myunster universiteti doktoranti PhD dissertatsiyasini Termiz davlat universitetida muvaffaqiyatli himoya qildi

Batafsil

2026-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul suhbatlari o‘tkazildi

  • 2026-08-26
  • 16

Termiz davlat universitetida 2026-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul jarayonlari doirasida 10 ta ixtisoslik bo‘yicha suhbatlar tashkil etildi.

Batafsil

QO‘SHMA TA’LIM DASTURLARIGA QABUL MUDDATI UZAYTIRILDI

  • 2026-08-26
  • 15

Termiz davlat universiteti rektori huzurida universitetning qo‘shma ta’lim dasturlariga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari muhokama qilindi.

Batafsil