Termiz davlat universitetida Oʻzbekiston xalq shoiri Usmon Azim bilan “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

Usmon Azim tugʻilgan yurti Surxondaryo viloyatining qadimiy Boysunida milliy qadriyatlar havosi bilan toblangan inson. U nafaqat nazmda, balki nasrda ham oʻzining alohida oʻrniga ega. 

Ijodiy uchrashuv davomida Usmon Azim hayot va ijod yoʻli, ustozlar oʻgitlari, shoir yuragining hamisha uygʻoqligi haqida soʻzladi. Shoir sheʼrlaridan namunalar oʻqib berish bilan birga, ularning yozilish tarixi bilan ham oʻrtoqlashdi.

Xalqimiz eʼzozidagi, bugungi adabiyotimizning otaxon ijodkorlaridan boʻlgan shoirni ishtirokchilar oʻzlari uchun qaytadan kashf etishdi. Yakunda talabalar sevimli ijodkoridan dastxat olish, unutilmas onlarni muxrlash uchun rasmga tushish baxtiga ham muyassar boʻlishdi.
 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDU tarixida muhim ilmiy voqea!

  • 2026-08-26
  • 12

Myunster universiteti doktoranti PhD dissertatsiyasini Termiz davlat universitetida muvaffaqiyatli himoya qildi

Batafsil

2026-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul suhbatlari o‘tkazildi

  • 2026-08-26
  • 16

Termiz davlat universitetida 2026-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul jarayonlari doirasida 10 ta ixtisoslik bo‘yicha suhbatlar tashkil etildi.

Batafsil

QO‘SHMA TA’LIM DASTURLARIGA QABUL MUDDATI UZAYTIRILDI

  • 2026-08-26
  • 15

Termiz davlat universiteti rektori huzurida universitetning qo‘shma ta’lim dasturlariga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari muhokama qilindi.

Batafsil