SURXONNING ZABARDAST IJODKORLARI VA TALABALAR UCHRASHUVI

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi, Bobur nomli xalqaro mukofot sohibi, atoqli adib Mirzo Kenjabek hamda taniqli shoir – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Do‘stlik” ordeni sohibi Shodmonqul Salom ishtirokida ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda ijodkorlar o'z hayoti bilan bog'liq xotiralar haqida o'rtoqlashar ekan, Surxon elining ko‘zga ko‘ringan ijodkorlari Shukur Xolmirzayev, Shafoat Rahmatullo Termiziy, Usmon Azim, Sirojiddin Sayyid ijodiga ham to'xtalib o'tishdi. Shuningdek, har ikki shoir tomonidan o'qilgan ijod namunalari talabalar tomonidan iliq kutib olindi.  

Adib Mirzo Kenjabek o'zining eng sara asarlarini talabalar foydalanishi uchun universitet kutubxonasiga sovg'a qildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDU tarixida muhim ilmiy voqea!

  • 2026-08-26
  • 10

Myunster universiteti doktoranti PhD dissertatsiyasini Termiz davlat universitetida muvaffaqiyatli himoya qildi

Batafsil

2026-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul suhbatlari o‘tkazildi

  • 2026-08-26
  • 15

Termiz davlat universitetida 2026-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul jarayonlari doirasida 10 ta ixtisoslik bo‘yicha suhbatlar tashkil etildi.

Batafsil

QO‘SHMA TA’LIM DASTURLARIGA QABUL MUDDATI UZAYTIRILDI

  • 2026-08-26
  • 14

Termiz davlat universiteti rektori huzurida universitetning qo‘shma ta’lim dasturlariga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari muhokama qilindi.

Batafsil