Termiz davlat universiteti hamda Sotim Ulugʻzoda nomidagi Tojikiston xalqaro chet tillar universiteti o'rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi

Oʻzbekiston-Tojikiston oliy ta’lim muassasalari rektorlarining ikkinchi forumida Termiz davlat universiteti hamda Sotim Ulugʻzoda nomidagi Tojikiston xalqaro chet tillar universiteti o'rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Ikki oliygoh oʻrtasida o‘qituvchi va talabalarning akademik almashinuvi, oliy va professional ta’limda o‘zaro o‘quv jarayonlarini tashkil qilish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, tajriba almashish, stajirovka o‘tash, ilmiy anjumanlar, dissertatsiyalar himoyasi bo‘yicha kengashlar ishida ishtirok etish, ilmiy loyihalarda birgalikda ishtirok etish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bo'yicha kelishuvga erishildi.

Maʼlumot uchun: bugunga qadar Termiz davlat universiteti va Tojikiston OTMlari o‘rtasida 10 ga yaqin hamkorlik shartnomalari imzolangan boʻlib, shunga asosan o‘tgan o‘quv yillari davomida 15 nafarga yaqin tojikistonlik professor-oʻqituvchilar universitetda maʼruza-mashgʻulotlarini olib borishgan boʻlsa, ayni paytda 10 nafar tojikistonlik talabalar oliygohimizda tahsil olishmoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDU tarixida muhim ilmiy voqea!

  • 2026-08-26
  • 9

Myunster universiteti doktoranti PhD dissertatsiyasini Termiz davlat universitetida muvaffaqiyatli himoya qildi

Batafsil

2026-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul suhbatlari o‘tkazildi

  • 2026-08-26
  • 11

Termiz davlat universitetida 2026-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul jarayonlari doirasida 10 ta ixtisoslik bo‘yicha suhbatlar tashkil etildi.

Batafsil

QO‘SHMA TA’LIM DASTURLARIGA QABUL MUDDATI UZAYTIRILDI

  • 2026-08-26
  • 11

Termiz davlat universiteti rektori huzurida universitetning qo‘shma ta’lim dasturlariga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari muhokama qilindi.

Batafsil