Rektor rahbarligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Yig‘ilishda universitetda o‘quv jarayonlarining monitoringini olib borishdagi yo‘l qo‘yilayotgan sustkashliklar tanqid qilinib, mas'ullar faoliyatiga jiddiy e'tirozlar bildirildi.

Shuningdek, professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘tilayotgan darslar sifatini yaxshilashga asosiy e'tiborni qaratish maqsadida darslarni muntazam tahlil qilib borish orqali pedagoglar mas'uliyatini oshirish lozimligi ta'kidlandi.

Yig‘ilish davomida talabalar turar joylarida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni ko‘paytirish, yotoqxona va ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalarga e'tiborni kuchaytirish yuzasidan mas'ullarga zaruriy topshiriqlar berildi.

Yakunda universitet faoliyatini har sohada yaxshilash uchun mas'ullardan tashkil topgan maxsus ishchi guruh tuzgan holda respublikamizning ilg‘or ta'lim muassasalarini o‘rganib, tajriba almashib kelish bo‘yicha takliflar ilgari surulib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDU tarixida muhim ilmiy voqea!

  • 2026-08-26
  • 9

Myunster universiteti doktoranti PhD dissertatsiyasini Termiz davlat universitetida muvaffaqiyatli himoya qildi

Batafsil

2026-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul suhbatlari o‘tkazildi

  • 2026-08-26
  • 13

Termiz davlat universitetida 2026-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul jarayonlari doirasida 10 ta ixtisoslik bo‘yicha suhbatlar tashkil etildi.

Batafsil

QO‘SHMA TA’LIM DASTURLARIGA QABUL MUDDATI UZAYTIRILDI

  • 2026-08-26
  • 12

Termiz davlat universiteti rektori huzurida universitetning qo‘shma ta’lim dasturlariga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari muhokama qilindi.

Batafsil