Termiz davlat universiteti rektori Avazjon Maraximov kunning ikkinchi yarmida TerDUga hujjat topshirgan talabalar uchun o’tkazilayotgan imtihon jarayonlari bilan tanishdi.

Eslatib o’tamiz, Termiz davlat universitetiga hujjat topshirgan abituriyentlar 840 o’rinli yopiq binoda salqin sharoitlarda test topshirishmoqda.

Imtihonlarda abituriyentlarning ota-onalari uchun Ro‘zi Choriyev nomidagi san’at maktabida salqin joylar, farzandlarini imtihon jarayonida onlayn kuzatib borishlari uchun katta monitorlar tashkil etilgan. Rektor ota-onalar bilan bevosita suhbatda bo’lib, ularning taklif va fikrlarini tingladi.

Tabiiyki, abituriyentlar qatorida ota-onalarning ham hayajoni cheksizligi ularning yuz-ko’zlarida namoyon. Kuzatuvchilarning vaqtlarini mazmunli o’tkazish hamda tashkiliy masalalarda ko’mak berish maqsadida Termiz davlat universitetining volontyorlar guruhi faollik ko’rsatmoqda. 

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDU tarixida muhim ilmiy voqea!

  • 2026-08-26
  • 32

Myunster universiteti doktoranti PhD dissertatsiyasini Termiz davlat universitetida muvaffaqiyatli himoya qildi

Batafsil

2026-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul suhbatlari o‘tkazildi

  • 2026-08-26
  • 36

Termiz davlat universitetida 2026-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul jarayonlari doirasida 10 ta ixtisoslik bo‘yicha suhbatlar tashkil etildi.

Batafsil

QO‘SHMA TA’LIM DASTURLARIGA QABUL MUDDATI UZAYTIRILDI

  • 2026-08-26
  • 44

Termiz davlat universiteti rektori huzurida universitetning qo‘shma ta’lim dasturlariga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari muhokama qilindi.

Batafsil