Ish haqqini hisoblash va mukofotlarni taqsimlanishi

Davlat xaridlari, buyurtmachilarning tovarlar, ishlar va xizmatlarga asoslangan ehtiyojlarini taʼminlash tushuniladi.

Shuningdek, davlat xaridlarining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: davlat xaridlari subyektlarining kasbiy mahorati va masʼuliyatligi, moliyaviy mablagʻlardan foydalanishning oqilonaligi, tejamkorligi va samaradorligi, ochiqlik va shaffoflik, raqobat va xolislik, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslikdir.

Jumladan 2019-yilda universitet tomonidan davlat xaridlariga oid jami
6 252 722,7 ming sum shartnomalar imzolanib, tadbirkorlar tomonidan mahsulotlar oʻz vaqtida yetkazib berildi.

Ish haqini hisoblash va taqsimlashda, Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standartlari bilan tartibga solingan, byudjet va byudjetdan tashqari, toʻlov-kontrakt mablagʻlarni samarali va maqsadli ishlatilishi boʻyicha ishlab chiqilgan smeta va shtatlar jadvali asosida
professor-oʻqituvchi va ishchi xodimlarga rahbariyat tomonidan chiqarilgan buyruqlar asosida ish haqi, ish haqiga ustama, choraklik, oylik moddiy ragʻbatlantirishlar hamda moddiy yordamlar toʻlab boriladi.

Shuningdek, ishchilarga mehnat haqi toʻlashda qoʻllaniladigan tarif stavkasi bu bir birlik vaqt (soat, kun, oy) davomida bajarilgan maʼlum murakkablikdagi mehnat uchun mukofot miqdoridir. Bajarilayotgan ishning murakkablilik koʻrsatkichi boʻlib razryadlar hisoblanadi va ular asosida u yoki bu ish turiga tarif belgilanadi. Shu vaqtning oʻzida razryad ishchining malakasi koʻrsatkichi vazifasini ham oʻtaydi. Mehnatga haq toʻlash har doim bajarilgan ish razryadiga asosan amalga oshirilganligi uchun, ishchi tomonidan bajarilayotgan ish razryadi oshishi bilan uning mehnat haqi miqdori ham ortib boradi.

Muassasa byudjeti, talabalarni toʻlov-kontrakt shartnomasi asosida oʻqitishdan tushgan mablagʻ hamda byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan sarf-harajatlar smetasi boʻyicha ishlatiladi.

Jumladan 2019-yilda byudjetdan _28515446.0_ming sum mablagʻ ajratilgan,

talabalarni toʻlov-kontrakt shartnomasi asosida oʻqitishdan tushgan mablagʻlar81 262 546.0 ming sum

Foydali Havolalar

Yangiliklar

XALQARO ILMIY KONFERENSIYA

  • 2026-07-09
  • 37

“Termiz hadis maktabi: allomalar merosi va zamonaviy tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya o‘z ishini boshladi.

Batafsil

TerDUda 2026/2027-o‘quv yili kasbiy (ijodiy) imtihonlaridan fotoreportaj.

  • 2026-07-08
  • 103

Termiz davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan kasbiy (ijodiy) imtihonlardan fotoreportaj.

Batafsil

Termiz davlat universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi!

  • 2026-07-07
  • 205

Bugun, 7-iyul kunidan boshlab Termiz davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun alohida iqtidor talab etadigan bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar rasman boshlandi.

Batafsil