Talabalar o'qishini ko'chirish va qayta tiklash NIZOMI

Endi talabalarga o‘qishini ko‘chirishga faqat 2ta holatda ruxsat beriladi

Prezident qarori bilan, davlatga qarashli bir oliygohdan boshqasiga o‘qishni ko‘chirish tartibi qat’iylashtirildi. Endilikda oila qurgan talabaning turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga o‘qishini ko‘chirishi va davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda uning turmush o‘rtog‘i yoki 18 yoshga to‘lmagan farzandi o‘qishini ko‘chirishi mumkin.

.

"Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida" prezident qarori qabul qilindi.

Oliy ta’lim vazirligining ma’lum qilishicha, talabalar o‘qishini davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha yangi tartib joriy etilmoqda.

.

Unga ko‘ra, davlat oliy ta’lim muassasalararo talabalar o‘qishini ko‘chirishga faqatgina quyidagi holatlarda ruxsat beriladi:

talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda;

.

davlat organlari xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda, tegishli vazirlik (idora) rahbari tavsiyasi asosida.

.

Boshqa hollarda bir davlat OTMdan boshqasiga (hududidan qat’i nazar) o‘qishni ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.

Xorijiy mamlakatlar hamda respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy OTM filiallari va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha amaldagi tartib saqlanib qoladi.

.

Xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos bo‘lmagan va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 5

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

  • 2026-08-24
  • 23

Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil

TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

  • 2026-08-24
  • 19

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti

Batafsil