Yangi sahifa, yangi orzular va unutilmas lahzalar: Termiz davlat universitetida yangi o‘quv yili start oldi!

Bugun Termiz davlat universiteti hovlisi har doimgidan ham gavjum, har doimgidan ham quvonchli va hayajonga boy. Chunki bugun minglab yoshlarning hayotida yangi va eng mas’uliyatli bosqich — talabalik davri boshlandi!

Talabalik baxtiga erishgan aziz yoshlarimiz har bir fakultetda samimiy va ko‘tarinki ruhda kutib olindi.
Yangi do‘stlar, mehribon ustozlar va cheksiz imkoniyatlar sari qadam qo‘ygan talabalarimiz uchun birinchi dars soatlari ham alohida shukuh bilan o‘tdi. Barcha auditoriyalarda “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” g‘oyasi ostida “Mustaqillik darslari” tashkil etildi.

Aziz talabalar! Universitetimiz oilasiga xush kelibsiz! Bilim olishdan, izlanishdan va orzu qilishdan hech qachon to‘xtamang. Yangi o‘quv yili barchangizga ulkan zafarlar va omad keltirsin!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Yangi sahifa, yangi orzular va unutilmas lahzalar: Termiz davlat universitetida yangi o‘quv yili start oldi!

  • 2026-09-07
  • 26

Bugun Termiz davlat universiteti hovlisi har doimgidan ham gavjum, har doimgidan ham quvonchli va hayajonga boy. Chunki bugun minglab yoshlarning hayotida yangi va eng mas’uliyatli bosqich — talabalik davri boshlandi!

Batafsil

“MUSTAQILLIK KUBOGI” MUSOBAQASI YAKUNLANDI

  • 2026-09-05
  • 25

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari o‘rtasida sportning voleybol va stol tennisi turlari bo‘yicha “Mustaqillik kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.

Batafsil

TerDU olimining innovatsion ishlanmasi Malayziyadagi xalqaro ko‘rgazmada!

  • 2026-09-05
  • 21

Malayziyaning Selangor shtatida MAHA-2026 xalqaro qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasi o‘tkazilyapti. Quvonarlisi, ushbu nufuzli anjumanda O‘zbekiston ilk bor qatnashmoqda. Ko‘rgazmada Termiz davlat universiteti olimlarining mahsuloti ham joy olgan.

Batafsil