DIQQAT, EʼLON!

2026/2027-o‘quv yili uchun talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda o'qishini xorijiy va nodavlat OTM laridan ko'chirishga ruxsat etilgan talabgorlar diqqatiga!

Termiz davlat universitetining barcha bakalavr ta’lim yo‘nalishlariga 2026/2027-o‘quv yili uchun talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda o'qishini xorijiy va nodavlat OTM laridan ko'chirishga ruxsat etilgan talabgorlarning hujjatlarini qabul qilish 2-sentabr kunidan boshlandi.

Hujjatlar fakultet joylashgan binolarda mas'ul xodimlar tomonidan qabul qilinadi!

Manzil:
Termiz davlat universiteti (barcha fakultetlar joylashgan binolar)
Tabiiy fanlar fakulteti

Talabalikka tavsiya etilganlar uchun kerakli hujjatlar:
1. Rektor nomiga ariza — universitetga kelib, yoziladi
2. Abituriyent ruxsatnomasi — 1 nusxa
3. Abituriyent javoblar varaqasi (imtihon natijasi) — 1 nusxa
4. Abituriyent qaydnomasi (5 ta ta’lim muassasasi tanlangan) — 1 nusxa
5. Attestat yoki diplom va uning ilovasi — asli olib kelinadi (elektron bundan mustasno)
6. Imtiyozga oid hujjatlar (guvohnoma, tavsiyanoma, sertifikat, diplom v.b. mavjud bo‘lsa) —
asli olib kelinadi (elektron bundan mustasno)
7. Hujjatlar yig‘ma jildi (papka-skorosshivatel) —
1 dona
8. Konvert (A5 formatda) — 1 dona.

ℹ️ Eslatma: shaxsini tasdiqlovchi hujjat ID karta bo‘lgan abituriyentlar my.gov.uz tizimi orqali doimiy yashash joyidan ma'lumotnoma ham olib kelishlari lozim.

O'qishini xorijiy va nodavlat OTM laridan ko'chirishga tavsiya etilganlar uchun kerakli hujjatlar:

1. Pasport yoki ID karta — aslini ko'rsatgan holda 1 nusxa
2. Akademik ma'lumotnoma yoki transkript (tasdiqlangan) — asli olib kelinadi (elektron bundan mustasno)
3. Abituriyent javoblar varaqasi (imtihon natijasi) — 1 nusxa
4. Hujjatlar yig‘ma jildi (papka-skorosshivatel) — 1 dona

🗓️ Hujjatlarni qabul qilish vaqti:
Dushanba – Shanba: 08:00 – 18:00
Yakshanba: dam olish kuni
📞 +998762280340

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDUda yangi davr: sun’iy intellekt universitet boshqaruviga kirib kelmoqda!

  • 2026-09-02
  • 7

Rektor huzurida Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi direktori tomonidan universitet boshqaruvini raqamlashtirishga qaratilgan yagona sun’iy intellekt platformasi konsepsiyasi taqdim etildi.

Batafsil

Rektor huzurida apparat yigʻilishi oʻtkazildi

  • 2026-09-02
  • 6

Termiz davlat universitetida rektor huzurida navbatdagi apparat yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda sohalar boʻyicha prorektorlar, boshqarma va boʻlim rahbarlari, shuningdek, kun tartibiga kiritilgan masalalarga masʼul mutasaddilar ishtirok etdi.

Batafsil

TERDU TALABALARI — PEKINDA!

  • 2026-09-02
  • 9

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahar universitetida 15 haftalik akademik almashinuv va xitoy tilini o‘rganish dasturi doirasida tahsil oladigan talabalar bilan uchrashdi.

Batafsil