Xabaringiz bor, Qirg‘iziston Respublikasida III Qirg‘iziston–O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumi bo‘lib o‘tdi.
Forum doirasida Termiz davlat universiteti delegatsiyasi faol ishtirok etib, Jusup Balasagyn nomidagi Qirg‘iz milliy universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzoladi.
.jpg)
Mazkur memorandum talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ta’lim va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, malaka oshirish dasturlarini yo‘lga qo‘yish, seminar va konferensiyalarni tashkil etish hamda ilmiy-ta’limiy axborot almashinuvini rivojlantirishni nazarda tutadi.

Ma'lumot o'rnida Jusup Balasagyn nomidagi Qirg‘iz milliy universiteti 2026-yilgi QS Osiyo universitetlari reytingi natijalarida 391, QS Markaziy Osiyo reytingi bo'yicha esa 25-o'rinni egallagan.

Ushbu hamkorlik ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy-pedagogik aloqalarni yanada mustahkamlab, talaba va tadqiqotchilar uchun yangi xalqaro imkoniyatlarni yaratadi.