Termiz davlat universiteti "Ingliz tili o'qitish metodikasi" kafedrasi katta o'qituvchisi Nazarova Ziyoda Kattayevna Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda "Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik" ixtisosligidan “Ingliz va o‘zbek tillarida somatik komponentli frazeologik birliklarning chog‘ishtirma tadqiqi” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Universitet jamoasi nomidan Ziyoda Kattayevnani ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimaga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!