Tadbirkor va yoshlar uchrashuvi

Surxon vohasining yirik tadbirkorlaridan biri - "Surxon sanoat qurilish" kompaniyasi boshqaruv raisi, senator Baxodir Qodirov bilan iqtidorli talabalar uchrashuvi tashkil etildi. 

Uchrashuvda tajribali tadbirkor o‘zining hayot yo‘lida erishgan natijalari hamda ungacha bo‘lgan ayrim qiyinchiliklari va muvaffaqiyatga erishish sirlari haqida talabalarga so‘zlab berdi.

Oliygoh bitiruvchilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan mazkur uchrashuvda yoshlarga jamiyatda munosib kasbni egallashlari va malakali mutaxassis sifatida shakllanishlari uchun kerak bo‘ladigan tavsiyalar berildi.

Talabalarni qiziqtirgan savollarga tadbirkor tomonidan yetarlicha javoblar berilib, o‘qishni bitirgandan so‘ng "Surxon sanoat qurilish" kompaniyasi tarkibidagi korxonalarda dastlabki mehnat faoliyatini boshlashlari mumkinligi kompaniya raisi tomonidan bildirib o‘tildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

QO‘SHMA TA’LIM DASTURLARIGA QABUL MUDDATI UZAYTIRILDI

  • 2026-08-26
  • 2

Termiz davlat universiteti rektori huzurida universitetning qo‘shma ta’lim dasturlariga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari muhokama qilindi.

Batafsil

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 75

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

YAXSHILIK ZANJIRI DAVOM ETMOQDA!

  • 2026-08-25
  • 2

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo viloyatida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida davom etayotgan ezgulik va mehr-oqibat chellenjiga

Batafsil