Termiz davlat universiteti talabalari Turkmanistonda bo‘lib o‘tgan xalqaro olimpiadada faxrli o'rinlarni egallashdi.

2024-yilning 3-8-mart kunlari Turkmanistonning Ashxobod shahrida talabalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan matematika bo‘yicha xalqaro ochiq olimpiadasida (OMOUS) Termiz davlat universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori R.To‘rayev boshchiligida universitetimizning 4 nafar talabalari ishtirok etib qaytishdi. 

Ushbu xalqaro olimpiadada TerDU talabalari olimpiadaning A kategoriyasi bo'yicha munosib o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi;
Durdona Maratova - kumush medal, 
Sirojiddin Beg'amov - kumush medal, 
Hojiakbar Aminov - bronza medal, 
Kamola Elomonova - bronza medal.

Iqtidorli talabalarimizni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz!

Ma'lumot uchun, mazkur xalqaro olimpiadada Turkmaniston, Bolgariya, Rossiya, O‘zbekiston, Saudiya Arabistoni, Ispaniya, Xitoy, Inodoneziya va boshqa davlatlardan kelgan talabalar o‘zaro bellashishdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

QO‘SHMA TA’LIM DASTURLARIGA QABUL MUDDATI UZAYTIRILDI

  • 2026-08-26
  • 2

Termiz davlat universiteti rektori huzurida universitetning qo‘shma ta’lim dasturlariga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari muhokama qilindi.

Batafsil

Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

  • 2026-08-25
  • 75

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Batafsil

YAXSHILIK ZANJIRI DAVOM ETMOQDA!

  • 2026-08-25
  • 2

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo viloyatida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida davom etayotgan ezgulik va mehr-oqibat chellenjiga

Batafsil